Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248127
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya

Kontsessiya  shartnomalari  -  bu  tabiiy  boyliklarni,  ayrim  foydali 

kazilmalarni qazib olish va o`zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir. 



Lizing  shartnomasi  esa,  chet  el  investitsiyalari  ishtirokida  asbob-

uskunalarni, texnika-texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish. 



Tenderlar  esa,  tanlov  asosida  investorlarning  investitsiya  loyihalarini 


moliyalashtirishga jalb etilishidir. 

Erkin  iqtisodiy  hudud  -  bu  ma'lum  hududda  chet  el  investitsiyalari  erkin 

kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. 



Moliyaviy  aktivlar  -  bu  qimmatli  qog’ozlar  bo’lib,  u  chet  el  kapitalini  jalb 

etish,  chet  el  kreditlarini  olish  va  chet  el  kapitalini  bank  depozitlariga  jalb  etish 

uchun emissiya qilinadi. 

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalarni tashkil etish uchun, 

ular asosan, quyidagi uch talabga javob berishi shart: 

1) xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona nizom jamgarmasining miqdori 150 

ming  AQSH  dollaridan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Bunday  minimal  qiymat  sifatsiz 

mahsulotlarning  oldi-sotdisi  va  ularni  respublikaga  import  qilish  ishlari  bilan 

shuguUanishga  ixtisoslashgan  kichik  qo`shma  korxonalarning  keragidan  ortiqcha 

kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan; 

2) korxona ta'sischilaridan biri xorijiy shaxs bo’lishi; 

3) korxona nizom fondida xorijiy investitsiyalarning ulushi 30 foizdan kam 

bo’lmasligi kerak. 

Jahon  tajribasida  esa,  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalarni 

kaerda,  kim  bilan  sheriklar  ulushining  qanchaligi  va  qanday  maqsadlarni  ko’zda 

tutib tashkil qilinishiga ko’ra, guruhlarga ajratish mumkin. Chet el investitsiyalari 

ishtirokidagi korxonalarni tavsiflovchi va  turkumlovchi 4 ta asosiy shakl mayjud. 

Ular: 


1. 

 Chet  el  investitsiyasi  ishtirokidagi  korxonaning  joylashgan  joyi. 

Korxona  tashkil  topayotganda  sheriklarning  hech  bo’lmaganda  bittasi  chet 

mamlakat (davlat, tashkilot, firma) ning vakili bo’lishi kerak. 

2.  Sheriklar  tuzilishi.  Bunda,  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi 

korxonalarning 

asosiy 


shaklini ko`rishimiz mumkin: 

a) faqat xususiy kapital ishtirokida (asosan, rivojlangan mamlakatlarda); 

b) firmalar,  korxonalar,  tashkilotlar  va  davlat  tashkilotlari  bilan  (asosan, 

rivojlanayotgan mamlakatlar); 




v) milliy va xalqaro tashkilotlar bilan. 

3.  Sheriklarning  chet  el  investitsiyasi  ishtirokidagi  korxona  nizomidagi 

ulushi.  Bu  yerda  o’zining  ijobiy  va  salbiy  ko’rinishini  ifodalovchi  3  ta  variantni 

ko’rish mumkin: 

1)  paychilik  asosida  ulush  qo’shib  qatnashish.  Bunday  shakldagi  qo’shma 

korxonalar  ishlab  chiqarish  tarmog’i  rivojlangan  mamlakatlarda  taraqqiy  etgan. 

Paychilik  asosida  tashkil  qilingan  qo`shma  korxonaning  nizom  fondida 

sheriklarning  ulushi  asosan  teng  bo’lib,  bu  ulaming  huquqli  sherikchiligini 

ta'minlaydi  va  bu  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  qo’shma  korxona  tuzishning  ideal 

shaklidir. 

Lekin,  bunday  korxonalaming  salbiy  tomonlari  ham  bor.  Misol  uchun, 

korxonada  biron  bir  masalani  hal  qilish  uchun  o’ziga  mas'uliyat  oluvchi 

boshliqning yukligi (favkulotda vaziyatda «yulboshchi» ning yukligi); 

2) korxonada  xorijiy  kapitalning  ko’pligi.  Bunday  korxonalar  xorijiy 

sheriklaming  korxona  faoliyati    ustidan    nazoratini    oshirishga  qaratilgan  

maqsadlardan    kelib    chiqadi.      Mahalliy  sherikning  korxona  nizomiga 

kushadigan  moliyaviy  mablag’i  kam  bo’lgan  taqdirda  xorijiy  investitsiyalarga 

ehtiyoj oshadi; 

3) korxonada  xorijiy  investor  ulushining  kamligi.  Bunday  shakldagi 

korxonalar bir qator tadbirkorlar tomonidan yaxshi bo’lmagan shakldir, deb e'tirof 

etiladi.  Chunki,  korxona  faoliyati  ustidan  nazorat  mahalliy  sherik  kuliga  o’tib 

ketadi. 


4.  Faoliyat  turi.  Chet  el  investitsiyasi  ishtirokidagi  korxona  sheriklarining 

maqsadiga ko’ra: 

a) ilmiy-tadqiqot  yo’nalishidan  kelib  chiqib,  ilmiy  tadqiqot,  yangi 

mahsulotlar yaratish, «nou-xau» va boshqalar; 

b) ishlab  chiqarish  tusiga  ega  qo’shma  korxonalar.  Bu  korxonalarda 

mahalliy  ishchi  kuchidan  foydalanish,  yangi  texnologiya  joriy  qilish  orqali 

mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini ko’tarish va boshqalar; 

v)  mahalliy  bozorda  arzon  xom-ashyo  va  materiallarni  sotib  olib,  chet 




mamlakat korxonalarida qayta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar

g)  yangi  mahalliy  bozomi  o’rganish  (marketing)ga  mo’ljallangan  qo’shma 

korxonalar; 

d)  qo’shma  korxonalar  majmui,  ya'ni  qo’shma  korxona  joylashgan  hudud 

(mamlakat)  qonunlariga  zid  bo’lmagan  har  xil  faoliyat  bilan  shug’ullanuvchi 

qo’shma korxonalar. 

Hozirgi  kunda  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  uchun  chet  el  investitsiyalari 

ishtirokidagi  korxonalaming  eng  ustuvor  yo’nalishi  -  qisqa  muddatlarda  o’z 

samarasini  beradigan  mahsulot  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  shakli 

hisoblanadi.  Lekin,  respublikada  bunday  korxonalar  soni  yetarli  emas.  Shuning 

uchun,  ular  hozir  o’zining  kutilgan  samarasini  bermayapti.  1999  yilda  qo’shma 

korxonalaming soni 3,5 mingtaga etgan bo’lsada, lekin amalda bu korxonalaming 

atigi  52  foizi  faoliyat  ko’rsatdi.  Shundan  bor-yugi  592  tasi  yoki  31  foizi  ishlab 

chiqarish korxonalari ekanligi yanada achinarli kayfiyat hosil qiladi. 

Respublika  iqtisodiyotining  ustuvor  tarmoqlariga  kirib  kelayotgan  chet  el 

investitsiyalari  uchun,  shuningdek,  eksport  mahsulotlari  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashgan  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  uchun 

konvertirlash muammosini hal qilish o’zining ijobiy samarasini berishi mumkin. 

Yana  bir  muammo,  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalaming 

aksariyati yirik shaxarlarda barpo etilganligi bilan bog’liqdir. 

Chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalaming  hududlararo  to’g’ri 

taqsimlanishi  uchun  quyidagi  ko’rsatkichlami  tahlil  etib,  har  bir  hudud  uchun 

alohida  investitsiya  siyosatini  ishlab  chiqish  o’zining  ijobiy  natijalarini  berishi 

mumkin. 


1.  Hududning  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  tahlili.  Hududning  yalpi  ichki 

mahsuloti,  jon  boshiga  ishlab  chiqarilayotgan  sanoat  mahsulotlari  hajmi, 

hududda o’rtacha ish haki miqdori, jon boshiga sarflanayotgan kapital, hududda 

joylashgan  turli  mulkchilik  shaklidagi  korxonalar  soni  kabi  ko’rsatkichlar  tahlil 

etilishi lozim. 

2.  Hududning  ekologik  va  turli  shakldagi  jinoyatchilik  darajasi  tahlili. 




Bunda  hududda  sodir  etilayotgan  iqtisodiy  jinoyatlarning  soni,  ekologik 

jihatdan,  zararli  chikindilar  bilan  tabiatni  ifloslantirayotgan  korxonalarning 

soni, shuningdek, tugatilmagan qurilish ob'ektlari  umumiy qurilishdagi o’rnining 

tahlili o’rganilishi kerak; 

3. Hududning        geografik      joylashishi,        boshqa        mamlakatlar        bilan  

kushnichiligi,  kommunikatsiya,  yo’llari  va  boshqa  ko’rsatkichlarni  puxta  tahlil 

qilib chiqish zarur. 

Hozirda  O’zbekiston  Respublikasida  80dan  ortiq  mamlakatdan  kelgan 

investorlar  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalarni  tashkil  etishda 

qatnashmoqda.  Eng  ko’p  ana  shunday  korxonalar  Rossiya  Federatsiyasi  (378), 

Turkiya  (243),  AQSH  (186)  va  Pokiston  (106)  ishtirokida  tuzilgan.  Xorijiy 

investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmiga 

kelsak,  uning  deyarli  40  foizi  Janubiy  Koreya  ulushiga  to’g’ri  keladi,  AQSH 

ishtirokidagi  korxonalar  ulushi  24  foizni,  Buyuk  Britaniya  ishtirokidagi 

korxonalar ulushi 7 foizni, Turkiya ishtirokidagi korxonalar ulushi 6 foizni tashkil 

qiladi. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling