Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
O’zbekiston respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
3.2 O’zbekiston respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol ishtirokchisi O’zbekiston Respublikasini jahon xo’jaligiga kirib borishida, uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo’yicha ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko’p jihatdan bog’liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo’yicha kizgin munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, hukumat, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik hamda mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi, xalqaro xo’jalik ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi. Shu jihatdan, jahon xo’jaligida O’zbekiston kushni MDH mamlakatlaridan o’zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi: 1) Qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklari xalqaro turizm sonoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi; 2) Qulay tabiiy iklim va tabiiy boyliklar, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo’jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi; 3) Buyuk ipak yo’lida joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa bilan Osiyoni bog’lovchi «kuprik» vazifasini bajarishga yetarlicha imkoniyatni vujudga keltiradi. 4) O’zbekiston Respublikasi yetarli darajada malakali mutaxassislar bilan ta'minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish, ushbu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi. 5) Mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag’batlantirish siyosatini yuritilishi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro
moliya munosabatlaridagi ishtirokida, xalqaro Moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb
etadi. Shuni inobatga olib, 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XII sonli «O’zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlikka a'zo bo’lishi to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo’lga qo’yilishi, nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash samarasini oshirdi. Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi, «Tashqi qarzdorlik to’g’risida»gi qonunlari va boshqa me'yoriy aktlar ishlab chiqildi. Mustakillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan, qisqa muddatli bo’lib, ichki bozorni iste'mol tovarlar bilan to’ldirishga qaratilgan bo’lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlami jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish bo’yicha ma'lum ishlami olib bormoqda. Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yo’nalishlari sifatida: eksport potentsialini kengaytirish, import umini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo’nalishlar sifatida qaralmoqda. Xorijiy investitsiyalar sonining amaldagi ortishi va sifat darajasi, amalga oshirilayotgan davlat investitsiya dasturi haqida ma'lumot beradi. Uning maqsadi - milliy va xorijiy investorlaming investitsion faoliyatini optimal darajada huquqiy tartibga solishdan iborat. Xorijiy kapital oqimini rag’batlantirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi moliya-valyuta infratuzilmasini tashkil etishga bog’liq. Moliya-valyuta infratuzilmasi xo’jalik sub'ektlari bilan jahon pul-kapital bozori o’rtasidagi aloqalarni ta'minlashga xizmat qiladi. Ushbu infratuzilmalarni tashkil etish, quyidagi yo’nalishlami qamrab oldi: • bank tizimini takomillashtirish; • ichki sug’urta xizmatlari sohasini rivojlantirish; • ichki valyuta bozorini faoliyatini yaxshilash; • lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish; • audit va maslahat xizmatlari bozorini rivojlantirish; • milliy tovarlarni xalqaro bozorlar tomon harakatini tashkil etish va h.k. O’zbekiston Respublikasini xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari belgilandi va u mamlakatni xalqaro bozorga qo’shilishining asosini tashkil etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanish tamoyillari. O’zbekiston sobiq Ittifoqda yirik respublikalardan hisoblanib, aholisining soni bo’yicha 3-urinni va yalpi milliy mahsulot hajmi bo’yicha 5-urinni egallab kelgan. Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va qishloq xo’jaligida yetarli darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega. Masalan, O’zbekiston tabiiy gaz qazib olishda dunyoda 9-o’rinda, oltin kazishda 7-o’rinda, oltingugurt kislotasi va mineral ugitlar ishlab chiqarishda hamda pilla etishtirishda 7-o’rinda turadi. Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo’jaligiga integratsiyasi majmui aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o’z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport buginini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o’rinni egallashini ta'minlovchi buginlarni aniqlash; Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport buginida davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash usulidan keng foydalanish; Bu usullar quyidagilardir: 1. Eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo’yicha ko’p muddatli kreditlar ajratish, mo’ljallangan investitsiyalarni sug’urtalash; 2. Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o’rtasidagi farqni qoplash; 3. Davlat tomonidan respublikaga ilg’or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish; 4. Eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; 5. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xom-ashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jixozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar. Shu bilan birga, xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta'minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me'yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. O’zbekiston uchun asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat: 1. O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga kushilib borishini ta'minlash; 2. Eksport potentsialini rivojlantirish; 3. Import va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish; 4. Investitsiya siyosatini takomillashtirish; 5. Chet el sarmoyalarini jalb qilish; 6. Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish; 7. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish. Mamlakattiing jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi - davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O’zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EHXT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o’rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlami rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling