Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya

to’rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo’shma korxonalarni 

tashkil  etish 

uchun  xalqaro  investitsiyalari  va  hamkorlik  bitimlarida 

diversiflkatsiya darajasining ortishi. 

Bunda  asosiy  o’zgarish  sifatida  TMKlar  va  ularning  turli  mamlakatlarda 

qo’shma korxonalari sonining o’sib borishini ko’rsatish mumkin. 

TMKlar  o’zlarining  tashkiliy,  ishlab  chiqarish  va  marketing  tizimlarini  chet 

mamlakatlar  hududlariga  yoyib,  shu  yo’l  bilan  tovar,  xizmat,  kapital  va 

texnologiyalarini  ishlab  chiqarishga  jalb  etib,  ushbu  mamlakatlar  o’rtasidagi 

o’zaro  harakatlarga  ta'sir  etdi.  Qo’shma  korxonalar  xalqaro  biznes 

integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi. 

Shuningdek,  jahon  iqtisodiyotining  integratsiyalashuv  jarayonlarida  xalqaro 

tashkilotlar rolini alohida e'tirof etish zarur. 

Xalqaro  savdo  tashkiloti  (XST),  Xalqaro  valyuta  fondi  (XVF),  Jahon 

banki,  Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  (ETTB),  Iqtisodiy  hamkorlik  va 

rivojlanish  tashkiloti  (DCRT),  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  (XMT)  va  shu  kabi 

xalqaro  institutlar  hamda  yetakchi  mamlakatlar  boshliqlari  va  moliya 

vazirlarining  har  yili  bo’lib  o’tadigan  uchrashuv-larining  xalqaro 

munosabatlarni  tartibga  solishdagi  ahamiyati  ortib  bormoqda.  Texnologiyalar 

bo’yicha,  atrof-muhitni  asrash,  moliya  institutlarining  faoliyati,  buxgalteriya 

hisobotlari,  milliy  statistika  (milliy  hisoblar  tizimi)  va  boshqalarga  yagona 

andozalarni qo’llash kengaymoqda. Ushbu andozalar ta'lim va madaniy sohalarga 

yoyilmoqda. 

Xalqaro  tashkilotlar  orqali  makroiqtisodiy  siyosatning  yagona  mezonlari 

tadbiq  etilmoqda.  Valyuta-kredit,  soliq,  tashqi  iqtisodiy  siyosat,  bandlik  sohasi 



bo’yicha  qo’yiladigan  talablarning  birxillashuvi  yuz  bermoqda,  xalqaro  raqobat 

qoidalari ishlab chiqilmoqda. 

Bu  jarayonlar  qanchalik  jadal  sur’atlarda  amalga  oshirlmasin,  zamonaviy 

jahon  iqtisodiyoti  to’la  global  holatda  faoliyat  yuritayotgani  yo’q,  balki  u  endi 

globallashuv jarayonlarining dastlabki bosqichlarini boshdan kechirmoqda. 

O’tish  davrini  boshdan  kechirayotgan  mamlakatlarning  jahon  bozoriga 

integratsiyalashuvi  uzoq  muddatli  jarayon  hisoblanadi.  Ba'zi  milliy  bozorlarning 

ochiq,  ba'zilarining  qattiq  tartibga  solinadigan  bo’lgan  hozirgi  holati  bilan, 

globallashuvning  asosiy  tamoyillaridan  bo’lgan  erkinlashuv,  bir-biriga 

nomuvofiq bo’lgan ko’rinishni hosil qilmoqda. 

Xalqaro  tovarlar,  xizmatlar  va  kapitallar  almashinuvining  erkinlashish 

an'anasi  kengayayotgan  bir  paytda,  har  bir  davlat  eksport  va  importni  tartibga 

solishning ma'lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - 

tarkibiy  qayta  qurish  va  inqiroz  davrining  qiyinchiliklarini  yengib  o’tish,  milliy 

xavfsizlikni  ta'minlash  -  takror  ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta'minlovchi 

(energetika,  transport,  aloqa  va  h.k.)  va  mamlakat  mudofaa  qobiliyati  kabi 

strategik  sohalarni  moliyaviy  ta'minlash,  shuningdek,  savdo  sheriklardan 

munosib  imtiyozlar  olish,  shuningdek,  byudjet  tushumlarini  oshirishdan  iborat 

bo’lmoqda.  Amaldagi  bunday  protektsionizm  fiskal  muammolami  hal  etishdan 

ko’ra, ko’proq tarkibiy siyosat o’tkazish vositasi hisoblanadi. 

Hozirgi  sharoitda  nafaqat  erkin  savdo  g’oyasi  (erkinlashuv)  bilan 

protektsionizm  o’rtasida  qarama-qarshilik  yuzaga  chiqmoqda,  balki  milliy 

xo’jalikni  jahon  xo’jaligiga  kirish  samarasini  maksimal  tarzda  ta'minlash 

maqsadida,  xo’jalikni  tartibga  solishning  yuqoridagi  ikki  instrumentining 

optimal  aralashmasidan  foydalanilmoqda.  Bunday  aralashmaning  shakl  va 

nisbatlari, ma'lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. 

Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  globalizatsiya  bilan  birga,  integratsiya 

jarayonlarining yana bir shakli - ma'lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy 

integratsiya (hududiylashuv) yuz bermoqda. 

O’sib 


boruvchi 

globallashuv, 

hududiylashuv, 

iqtisodiyotning 




transmilliylashuvi  va  integratsiya  natijasida,  eski  -  davlatlararo  tartibga  solish 

mexanizmi  tubdan  o’zgardi.  Mamlakatlar  o’rtasidagi  iqtisodiy  aloqalar 

ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko’pyoqlama tus olmoqda. 

Ammo, "milliy xo’jalik majmui", "mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari" 

tushunchalari  o’z  ma'nosini  saqlab  qolmoqda.  Milliy  xo’jalik  hamon  ishlab 

chiqarish,  almashuv,  taqsimot  va  iste'mol,  shuningdek,  iqtisodiy  faoliyatning 

asosiy markazidir. 

Har  bir  davlatning  yillar  davomida  shakllangan  o’z  tarixiy,  iqtisodiy, 

ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo’lib, boshqa mamlakatlarning 

tajribalarini  ko’r-ko’rona  ko’chirib  olish,  yoki  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan 

tavsiya  etiladigan,  iqtisodiy  rivojlanishning  hamma  uchun  umumiy  retseptlarini 

qo’llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. 

Jahon  xo’jaligiga  kirishda  ilg’or  mamlakatlarning  boy  tajribalariga  tahliliy 

yondoshish  va  ushbu  tajribalarni  milliy  xususiyatlar  bilan  eng  optimal  tarzda 

uyg’unlashtirish zarur. 

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’zining mustaqil 

tashqi  iqtisodiy  siyosatini  olib  borish  imkoniyati  yuzaga  chiqdi.  Respublikaning 

tashqi  iqtisodiy  siyosati  xalqaro  moliyaviy  munosabatlarda  mamlakat  milliy 

manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  holda  amalga  oshiriladi  va  u  quyidagi 

tamoyillarga asoslanadi: 

•  mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik; 

•  teng  huquqli  va  o’zaro  manfaatli  hamkorlik,  boshqa  mamlakatlarning 

ichki ishlariga aralashmaslik; 

•  o’zining  milliy-davlat  manfaatlari  ustuvorligida  o’zaro  manfaatlarni 

har tomonlama hisobga olish; 

•  respublika biron-bir davlatning ta'sir doirasiga kirmasligi tamoyiliga to’la 

amal qilish; 

•  to’la  ishonch,  xalqaro  iqtisodiy  va  moliyaviy  tashkilotlar  doirasidagi 

hamkorlikni  chuqurlashtirish  asosida  ikki  tomonlama,  shuningdek,  ko’p 

tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va ularni rivojlantirish; 




•  umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlariga rioya etish. 

Tashqi  iqtisodiy  soha  tarmoqlari  majmuini  vujudga  keltirmasdan  turib, 

shuningdek,  moliya,  bank-kredit  tashkilotlari,  bojxona  xizmati  ishini  xalqaro 

me'yorlar  va  talablar  darajasida  yo’lga  qo’ymasdan  turib,  xalqaro  aloqalarni 

rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo’lmaydi. 

Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yo’nalishlar 

ustuvor hisoblanadi: 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling