• tartibga solishdan chetga chiqish maqsadida, xalqaro valyuta tizimi yoki
• kodeksda kelishilgan munosabatlarga amal qilish xalqaro valyuta
mablag’lar hisobidan xorijiy valyutada kreditlar yoki a'zo-mamlakat to’lov
balansini tenglashtirish maqsadida SDR taqdim etadi.
Moliyaviy operatsiyalar, faqatgina, a'zo-mamlakatning rasmiy organlari:
xazinachilik, Markaziy bank, valyutani barqarorlashtiruvchi fondlar bilan birga
amalga oshiriladi. XVF resurslarini olishni tartibga soluvchi qoidalar barcha a'zo-
mamlakatlar uchun bir xil. Joriy operatsiyalar bo’yicha xorijiy valyutaga ehtiyoj
sezgan mamlakat, kreditning zarurligini isbotlashi shart. Bunday kreditlarning
hajmlari quyidagi shartlar orqali tartibga solinadi: qarzdor mamlakatning milliy
valyutasi uning kvotasini yil davomida 25 foizidan va umumiy hisobda kvota
hajmining 200 foizidan ortib ketmasligi kerak. Kreditlar bo’yicha foizlar har bir
moliya yili uchun daromad va xarajatlarni baholash asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, XVF tarkibida alohida kredit turlari bo’yicha bir necha
maxsus fondlar tashkil etilgan. Ushbu fondlardan aksariyat hollarda, bozor
iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda savdo va to’lov tizimidagi
qiyinchiliklarni bartaraf etishga kreditlar ajratiladi. Ushbu kreditlar odatda 4-10 yil
muddatlarda qaytarilishi mo’ljallanadi.
Keyingi yillarda XVFning daromadi past bo’lgan rivojlanayotgan
mamlakatlardagi tarkibiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, o’rta
muddatli makro-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturlariga ajratiladigan kreditlar
salmogi ortmoqda.