Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. Xalqaro
kredit o’z funktsiyalarini bajarishda ikkiyoqlama rol o’ynaydi (ijobiy va salbiy). Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy o’rni - uni takror ishlab chiqarish
rivojlanishini ta'minlashda va kengaytirishda namoyon bo’ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqarish baynalmilallashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuviga olib keladi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo’nalishlar orqali tezlashtiradi:
shu orqali bozorda kon'yunkturani ko’taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdo kreditda xalqaro me'yor bo’lib hisoblanmoqda. Ayniqsa, uzoq davr mobaynida tayyorlanadigan, iste'mol qilinadigan va bahosi baland tovarlar uchun. Maxsulotlarning bahosini va jahon savdosida mashina hamda asbob- uskunalar ulushi oshishi eksport qiluvchilarni ham, import qiluvchilarni ham, tashqi savdo kreditlariga bo’lgan kizikishlarini orttirmoqda. Hozirgi zamon sharoitida kreditor-mamlakatdan eksport yetkazib beruvchi «bog’liqlik» kreditining salmogi oshdi. Kreditlanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan xarajat qarzning sharti bo’lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit kreditor-mamlakat flrmalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhit yuzaga keltiradi. Chunki, odatda, kreditor-mamlakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlari qo’yiladi. Infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, chet el va qo’shma korxonalarni faoliyat ko’rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi bor milliy korxona va banklaming pozitsiyasi kuchayishiga yordam beradi.
qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valyuta operatsiyalari tuxtovsizligini ta'minlaydi. To’rtinchidan, kredit - mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari rivojlanishiga turtki bo’ladi. Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o’rni - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda uning
qarama-qarshiligi kuchayishida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlar qayta ishlanishi tezlashadi, mamlakatlar o’rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy ko’tarilish va davriy pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tezlashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osonlashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi. Xalqaro kredit - mamlaqatlaming xarid bozori raqobati uchun kurash quroli hamda kapitalni joylash sohasi, xom ashyolar manbalari, ITT sohasidagi yutuqlardir. Kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi umini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda: Birinchidan, xalqaro kreditni qarz sifatida olgan mamlakatdagi daromadlarni qarz bergan mamlakatga olib o’tishda foydalaniladi. Shu bilan birga, ssudani qaytaruvchi har yilgi foiz to’lovlari, jamiyatning sof daromadi miqdorini ko’paytiruvchi, ishlab chiqarish o’sishini ta'minlovchi jamgarmalarning tashkil topishi, shu jamgarmalaming tashkil topish manbalari qarzdor mamlakatlarga salbiy ta'sir etadi. Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomonidan kreditor mamlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni takozo etadi. Etakchi mamlakatlar o’z umini yanada mustahkamlash uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va hududiy valyuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti- vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiyasini va kredit kamalini qo’llashadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling