Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firmaning (tijorat) krediti
Xalqaro bank krediti asosan, valyuta (pul) ko’rinishida bo’ladi.
Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega. Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir qancha kreditlar mavjud:
1. Firmaning (tijorat) krediti - odatda eksport qiluvchi mamlakatning bir firmasi
boshqa mamlakatning import qiluvchiga to’lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga tushuniladi. Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog’liq hisob-kitoblarda keng qo’llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 2-7 yil) turlicha bo’ladi va jahon bozori kon'yunkturasi shartlariga, tovarlar turlariga va boshqa bir qator omillarga bog’liqdir. Mashina va asbob-uskunalar (texnologiya, jixozlar)-ning eksporti kengayishi xalqaro kredit muddati uzayishiga olib keladi. Tijorat krediti odatda, veksel yoki ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kreditlar orqali rasmiylashtiriladi. 2. Vekselli kreditda eksport qiluvchi tovarni sotish haqida bitim tuzib, o’tkazma veksel (sarf-xarajatlar)ni import qiluvchiga junatadi, import qiluvchi tijorat hujjatlarini olib aktseptlaydi, ya'ni unda ko’rsatilgan muddatda to’lovni amalga oshirishga rozilik beradi. 3. Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksport qiluvchi va import qiluvchi o’rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksport qiluvchi junatilgan har bir tovarlar qiymatini import qiluvchining hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Import qiluvchi shartnomada ko’rsatilgan vaqtda kredit summasini tulab boradi. Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo’lgan firmalar o’rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Tijorat kreditining yana bir turiga import qiluvchining avans to’lovi (sotib oluvchining avansi)ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda import qiluvchi tomonidan chet ellik mol yetkazib beruvchiga odatda mashina, asbob-uskunalar (texnologiya)ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan to’lanadi. Xarid bunaki eksportni kreditlashning bir shakli bo’lib hisoblanadi va shu vaqtning o’zidan boshlab import qiluvchining majburiyatini ta'minlovchi vositaga aylanadi. Chunki, import qiluvchi o’zi buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bo’ladi. Rivojlangan mamlaqatlaming import bilan shug’ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli o’laroq, xarid bunagidan shu davlatlarning qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqib ketishda foydalanmoqdalar. Bo`nak to’lagan tomonning aybi bilan, shartnoma bajarilmay kolsa, sarf- xarajatlar undirilgan holda mablag’ qaytariladi. Agar shartnoma bunak olgan tomonning aybi bilan bajarilmay kolsa, u sotib oluvchiga barcha xarajatlarni to’lagan holda mablag’ni qaytarishi shart. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling