Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
II BOB Xalqaro moliyaviy munosabatlari takomillashtirishda xalqaro
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
II BOB Xalqaro moliyaviy munosabatlari takomillashtirishda xalqaro
kredit va xorijiy investitsiyalarni rivojlantirish yo`llari 2.1 Xalqaro kreditning mohiyati va kreditlash tamoyillari Xalqaro kredit ssuda kapitalining jahon aylanmasidagi harakati bo’lib, bu harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’lami uch shart asosida, ya'ni: - qaytarib berishlilik; - muddatlilik; - foiz to’lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi. Xalqaro kredit munosabatlarining sub'ektlari sifatida tijorat banklari, Markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, hududiy va xalqaro moliya- kredit tashkilotlari qatnashadi. Xalqaro kreditning yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ishlab chiqarishni milliy doira darajasidan oshishi, xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning umumlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashishi va kooperatsiyalashuvining natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo’ladi, ya'ni moliyalashtirish yuzaga keladi; 2. Muddatlilik, ya'ni kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda kredit qaytarilishini ta'minlash; 3. Ta'minlanganlik, ya'ni olingan kreditni to’lashni kafolatlanganligi; 4. Maksadlilik, ya'ni ssudani aniq ob'ektlarga yunaltirishni ko`zlash, va uni birinchi navbatda, kreditor davlatning eksportini rag’batlantirish uchun qo’llash. 5. Foiz to’lashlilik. Xalqaro kreditning funktsiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o’ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 1. Takror ishlab chiqarishni kengaytirish, iste'molni ta'minlash uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko’prok, daromadlirok bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadning o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasi oshishiga olib keladi. 2. Xakikiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirishlar orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlar iqtisod qilinadi. Xalqaro kredit bazasida xalqaro hisob- kitoblarning kredit mablag’lari yuzaga keldi - veksellar, cheklar, shu jumladan, banklararo o’tkazmalar, depozit sertiflkatlari va shu kabilar. Ssuda kapitali muomalasini vaqtincha tejash orqali xalqaro iqtisodiy aloqalardagi kapitalni ishlab chiqarish funktsiyasi o’sishiga, ishlab chiqarish kengayishiga va foydaning oshishiga olib keladi. 3. Kapitalning bir joyga tuplanishi va markazlashishini tezlashtirish: chet el kreditlarini jalb qilish tufayli qo’shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamgarmalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallariga boshqa davlatning mablag’lari qo’shilishi oqibatida ular miqdori ko’payadi. Xalqaro kredit oldindan yakka korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo`lishiga xizmat qiladi. Xalqaro kredit funktsiyalarining ahamiyati katta va u milliy hamda jahon xo’jaligi rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasini bajarmoqda va o’zi ham tartibga solinish ob'ekti bo’lib hisoblanmoqda.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling