Iste'mol krediti. Iste'mol kreditining o’ziga xos xususiyati bo’lib, eksport
qiluvchi bankning to’g’ridan-to’g’ri milliy eksport qiluvchini kreditlamasdan,
balki chet ellik xaridorni, ya'ni import qiluvchi mamlakat firmasi va uning
bankini kreditlash hisoblanadi. Shu orqali import qiluvchi kerakli tovarlarni
yetkazgan mol yetkazib beruvchilar to’lovni xaridorga yoki bankka qarz sifatida
qayd qiladi. Odatda, bunday kreditlar ma'lum bir firmaning tovarlari va
xizmatlaridan foydalanishda qo’llaniladi. Bunday kreditlash shartnomasida
eksport qiluvchi ishtirok etmaydi, bu esa, o’z navbatida, kreditning bahosini
oshirish imkoniyatini yo’qotadi. Bank kreditining xaridorga bo’lgan narxi, qoida
bo’yicha ssuda kapitallari bozoridagi qarz mablag’lari narxidan ancha past bo’ladi,
bu o’z navbatida, ularning raqobatbardoshligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |