shaklida namoyon bo’ladi va u tovarlar, tovar hujjatlari, veksellarni, hamda sarf-
xarajatni garovga olgan holda beriladi. Ba'zan, banklar o’zlari bilan chambarchas
aloqada bo’lgan yirik eksport qiluvchi flrmalarga blankli kredit, ya'ni rasmiy
Xalqaro savdoda bank kreditlari tijorat kreditlariga nisbatan ustunlikka ega.
Ular kredit oluvchini olgan mablag’laridan tovarlar sotib olishga mustaqil
foydalanish imkoniyatini tugdiradilar, mol yetkazuvchi flrmadan kredit surashdan
ozod etadilar hamda oxirgi tovarlarga hisob-kitoblarni bank kreditidan foydalanib
to’laydilar. Xususiy banklar ko’pincha davlat mablag’larini va uning kafolatini
olgan holda eksport kreditlarini 10-15 yilga bozor stavkasidan pastrok stavkada
beradilar. Lekin, banklar qoida bo’yicha, kreditdan o’z mamlakatlari
hududidagina foydalanishni chegaralab, uning intilishini ma'lum maqsadli qilib
qo’yadilar, masalan, faqat o’zlarini kiziktirgan flrmaning tovarlarini sotib olishga
yunaltiradilar. Shu orqali bank krediti firma krediti xususiyatlarini o’zida
mujassam etadi. Bank kreditini banklar, bankir uylari va boshqa kredit
muassasalari beradilar.
Tashqi
iqtisodiy
operatsiyalarni
kreditlash
operatsiyalarini
muvofiqlashtiruvchisi uchun, yirik kredit resurslarini jamlash uchun va bank xavf-
xatarini bir maromda taqsimlash uchun banklar konsortsiumlar, sindikatlar, bank
fondlarini tashkil qiladilar. Banklar eksport va moliya kreditlarini beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: