Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`gri kafolatlar
- Vositalashgan kafolatlar.
- Tasdiklangan kafolatlar.
Xalqaro kafolatlar Markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar,
hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi. Xalqaro kafolatlar banklar va boshqa kafolat beruvchi tashkilotlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi, ammo bular yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi. Xalqaro kafolatlarda uchinchi bir tomonning ishtirok etishi shartdir. Aynan mana shu kafolat beruvchi tomonning to’lovga layokatliligi asosiy masala bo’lib hisoblanadi. Xalqaro kafolatlar xalqaro miqyosda tan olingan sub'ektlar tomonidan beriladi. Xalqaro kafolatlarning quyidagi asosiy turlari mavjud: 1. To`gri kafolatlar - bunda kafolat beruvchi tomon bevosita eksport-import operatsiyalariga kafolat beradi. Bunda mazkur to’lov bo’yicha majburiyatlarni to’liq o`z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarda keng qo’llaniladi. 2. Vositalashgan kafolatlar. Bunda kafolat beruvchi o’ziga xos tarzda
vositachilik vazifasini utaydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi. 3. Tasdiklangan kafolatlar. Bunday kafolatlar berilgan kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon bo’ladi. Masalan, bank o’z mijozi bo’lgan import qiluvchining to’lov majburiyatlari bo’yicha kafolat bergan bo’lsa, eksport qiluvchining banki ham, ushbu kafolatlar bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Bu esa, mavjud kafolatlarni tasdiqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Xalqaro kafolatlarning yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud: 1. To’lov bo’yicha berilgan kafolatlar; 2. Sifatli mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha berilgan kafolatlar (jarima, qo’shimcha xarajatlar). O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlardan foydalanish masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Respublikada katta summada moliyalashtirilayotgan loyihalarning aksariyatida davlat ulushining ko’pligi sababli, Xalqaro kafolatlar ishlatuvchi sub'ekt hukumatdir. Bunday yirik loyihalarga Kuk-dumalok neft majmui, Zarafshon-Nyumont qo’shma korxonasi,
Olinayotgan xalqaro kreditlarning asosiy qismi O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati bilan olinmoqda. Xalqaro kafolatlarni berishda tijorat tuzilmalari va banklarning ahamiyati kattadir. O’zbekiston Respublikasida Xalqaro kafolatlar o’rnini bosuvchi majburiyatlarni pul mablag’lari bilan ta'minlash tizimi keng qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida erga xususiy mulkchilik-ning mavjud emasligi va bir qator yuqori likvidli ob'ektlaming yukligi xalqaro kafolatlardan respublika sharoitida foydalanishga jiddiy ta'sir etadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling