Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin iqtisodiy hudud
Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali
kazilmalarni qazib olish va o`zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir. Lizing shartnomasi esa, chet el investitsiyalari ishtirokida asbob- uskunalarni, texnika-texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish. Tenderlar esa, tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir. Erkin iqtisodiy hudud - bu ma'lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli qog’ozlar bo’lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalarni tashkil etish uchun, ular asosan, quyidagi uch talabga javob berishi shart: 1) xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona nizom jamgarmasining miqdori 150 ming AQSH dollaridan kam bo’lmasligi kerak. Bunday minimal qiymat sifatsiz mahsulotlarning oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shuguUanishga ixtisoslashgan kichik qo`shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan; 2) korxona ta'sischilaridan biri xorijiy shaxs bo’lishi; 3) korxona nizom fondida xorijiy investitsiyalarning ulushi 30 foizdan kam bo’lmasligi kerak. Jahon tajribasida esa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni kaerda, kim bilan sheriklar ulushining qanchaligi va qanday maqsadlarni ko’zda tutib tashkil qilinishiga ko’ra, guruhlarga ajratish mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tavsiflovchi va turkumlovchi 4 ta asosiy shakl mayjud. Ular:
1. Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonaning joylashgan joyi. Korxona tashkil topayotganda sheriklarning hech bo’lmaganda bittasi chet mamlakat (davlat, tashkilot, firma) ning vakili bo’lishi kerak. 2. Sheriklar tuzilishi. Bunda, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning 3 asosiy
shaklini ko`rishimiz mumkin: a) faqat xususiy kapital ishtirokida (asosan, rivojlangan mamlakatlarda); b) firmalar, korxonalar, tashkilotlar va davlat tashkilotlari bilan (asosan, rivojlanayotgan mamlakatlar); v) milliy va xalqaro tashkilotlar bilan. 3. Sheriklarning chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona nizomidagi ulushi. Bu yerda o’zining ijobiy va salbiy ko’rinishini ifodalovchi 3 ta variantni ko’rish mumkin: 1) paychilik asosida ulush qo’shib qatnashish. Bunday shakldagi qo’shma korxonalar ishlab chiqarish tarmog’i rivojlangan mamlakatlarda taraqqiy etgan. Paychilik asosida tashkil qilingan qo`shma korxonaning nizom fondida sheriklarning ulushi asosan teng bo’lib, bu ulaming huquqli sherikchiligini ta'minlaydi va bu iqtisodiy nuqtai nazardan qo’shma korxona tuzishning ideal shaklidir. Lekin, bunday korxonalaming salbiy tomonlari ham bor. Misol uchun, korxonada biron bir masalani hal qilish uchun o’ziga mas'uliyat oluvchi boshliqning yukligi (favkulotda vaziyatda «yulboshchi» ning yukligi); 2) korxonada xorijiy kapitalning ko’pligi. Bunday korxonalar xorijiy sheriklaming korxona faoliyati ustidan nazoratini oshirishga qaratilgan maqsadlardan kelib chiqadi. Mahalliy sherikning korxona nizomiga kushadigan moliyaviy mablag’i kam bo’lgan taqdirda xorijiy investitsiyalarga ehtiyoj oshadi; 3) korxonada xorijiy investor ulushining kamligi. Bunday shakldagi korxonalar bir qator tadbirkorlar tomonidan yaxshi bo’lmagan shakldir, deb e'tirof etiladi. Chunki, korxona faoliyati ustidan nazorat mahalliy sherik kuliga o’tib ketadi.
4. Faoliyat turi. Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona sheriklarining maqsadiga ko’ra: a) ilmiy-tadqiqot yo’nalishidan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot, yangi mahsulotlar yaratish, «nou-xau» va boshqalar; b) ishlab chiqarish tusiga ega qo’shma korxonalar. Bu korxonalarda mahalliy ishchi kuchidan foydalanish, yangi texnologiya joriy qilish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini ko’tarish va boshqalar; v) mahalliy bozorda arzon xom-ashyo va materiallarni sotib olib, chet mamlakat korxonalarida qayta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar; g) yangi mahalliy bozomi o’rganish (marketing)ga mo’ljallangan qo’shma korxonalar; d) qo’shma korxonalar majmui, ya'ni qo’shma korxona joylashgan hudud (mamlakat) qonunlariga zid bo’lmagan har xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi qo’shma korxonalar. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalaming eng ustuvor yo’nalishi - qisqa muddatlarda o’z samarasini beradigan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shakli hisoblanadi. Lekin, respublikada bunday korxonalar soni yetarli emas. Shuning uchun, ular hozir o’zining kutilgan samarasini bermayapti. 1999 yilda qo’shma korxonalaming soni 3,5 mingtaga etgan bo’lsada, lekin amalda bu korxonalaming atigi 52 foizi faoliyat ko’rsatdi. Shundan bor-yugi 592 tasi yoki 31 foizi ishlab chiqarish korxonalari ekanligi yanada achinarli kayfiyat hosil qiladi. Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga kirib kelayotgan chet el investitsiyalari uchun, shuningdek, eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun konvertirlash muammosini hal qilish o’zining ijobiy samarasini berishi mumkin. Yana bir muammo, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalaming aksariyati yirik shaxarlarda barpo etilganligi bilan bog’liqdir. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalaming hududlararo to’g’ri taqsimlanishi uchun quyidagi ko’rsatkichlami tahlil etib, har bir hudud uchun alohida investitsiya siyosatini ishlab chiqish o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
1. Hududning iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlili. Hududning yalpi ichki mahsuloti, jon boshiga ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi, hududda o’rtacha ish haki miqdori, jon boshiga sarflanayotgan kapital, hududda joylashgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalar soni kabi ko’rsatkichlar tahlil etilishi lozim. 2. Hududning ekologik va turli shakldagi jinoyatchilik darajasi tahlili. Bunda hududda sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlarning soni, ekologik jihatdan, zararli chikindilar bilan tabiatni ifloslantirayotgan korxonalarning soni, shuningdek, tugatilmagan qurilish ob'ektlari umumiy qurilishdagi o’rnining tahlili o’rganilishi kerak; 3. Hududning geografik joylashishi, boshqa mamlakatlar bilan kushnichiligi, kommunikatsiya, yo’llari va boshqa ko’rsatkichlarni puxta tahlil qilib chiqish zarur. Hozirda O’zbekiston Respublikasida 80dan ortiq mamlakatdan kelgan investorlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda qatnashmoqda. Eng ko’p ana shunday korxonalar Rossiya Federatsiyasi (378), Turkiya (243), AQSH (186) va Pokiston (106) ishtirokida tuzilgan. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmiga kelsak, uning deyarli 40 foizi Janubiy Koreya ulushiga to’g’ri keladi, AQSH ishtirokidagi korxonalar ulushi 24 foizni, Buyuk Britaniya ishtirokidagi korxonalar ulushi 7 foizni, Turkiya ishtirokidagi korxonalar ulushi 6 foizni tashkil qiladi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling