Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248127
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya

Xorijiy investitsiyalar 

Xorijiy  investitsiyalarni  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  quyidagi  tashkiliy 



shakllarda jalb qilinishi mumkin: 

1) ulush qo’shib qatnashish orqali qo’shma korxonalar tashkil qilish

2)  100  foiz  mol-mulki  xorijliklarga  tegishli  bo’lgan  xorijiy  investitsiyali 

korxonalarni 

tashkil etish; 

3)  yirik  xorijiy  kompaniya  va  flrmalarni,  shu'ba  korxonalarni  va  flliallarni 

tashkil etish; 



4)  xalqaro korxona va tashkilotlarni tashkil etish; 

5)  kontsessiya va lizing shartnomalarini tuzish; 

6)  tenderlar e'lon qilish; 

7)  erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish; 

8)  moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 

Kushma  korxonalar  tashkil  etish  orqali  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish 

keng tarqalgan shakllardan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. 

O’zbekiston  Respublikasida  qo’shma  korxona  deganda,  nizom  kapitalining 

kamida  30  foizi  xorijiy  investorga  tegishli  bo’lgan  va  xorijiy  investor  faqat 

yuridik  shaxs  bo’lgan,  nizom  kapitalining  eng  kam  miqdori  150000  AQSH 

dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. 

Kushma  korxonalar  chet  el  investitsiyalari  bilan  yangitdan  tashkil  etilishi 

yoki  faoliyat  yuritayotgan  korxonaning  aktsiyalar  to’plamining  30  foizdan  kam 

bo’lmagan qismi sotilishi orqali tashkil etilishi mumkin. 

Xorijiy  korxonalarni  tashkil  etish  orqali  chet  el  investitsiyalarini  jalb  qilish 

bugungi  kunda  kengayib  bormoqda.  O’zbekiston  Respublikasida  xorijiy 

investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  iqtisodiyotning  turli  sohalarida  tashkil 

etilishi  mumkin.  Qishloq xo’jalik,  mashinasozlik, kazilma  boyliklarni  qazib  olish 

sohasida  tashkil  etilgan  korxonalarga  nisbatan  keng  soliq  imtiyozlari  joriy 

qilingan.  Yirik  xorijiy  kompaniya  va  korxonalar  o’z  mol-mulklari  bir  qismini 

ajratib,  shu'ba  korxonalar  ochishi  mumkin.  Bunday  shu'ba  korxonalariga  ham, 

qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan. 

Ikki  yoki  uchdan  ortiq  davlat,  yoki  korxonalar,  tashkilotlar  o’z  kapitalini 

jamlagan  holda  xalqaro  tashkilotlar  tashkil  etishi  mumkin.  Bu  tashkilotlarga 

nisbatan ham, qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar qo’yilgan. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling