Mavzu: Pedagogik fanlarni o`qitish shakllari


Download 17.72 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2023
Hajmi17.72 Kb.
#1297101
  1   2
Bog'liq
7Mavzu




Mavzu: Pedagogik fanlarni o`qitish shakllari

Reja:


  1. Pedagogik o’qitishning shakllari, sinf dars tizimi

  2. Dars o’qitishni tashkil qilishning asosiy shakllari.

  3. Darsning tuzilishi va tiplari

  4. Pedagogik o’qitishning boshqa shakllari

Ta`lim ijtimoiy hodisa bo’lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta`lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol` o’ynagan. U to’plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta`minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta`limning mukammal emas shakli, ya`ni dars ming -ming yillar mobaynida vujudga kelgan. Ya.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida jamoaviy tarbiyaning oldingi barcha tajribalarni umumlashtirdi, sinfning dars tizimida ta`limning asosiy didaktik printsiplarini izchil ifodaladi. O’sha zamondan buyon 350 mingdan ortiq vaqt o’tdi. Shuncha vaqt mobaynida darsning tashkiliy, shakllari ham ta`limning metodlari ham takomillashib ketdi.


Xalq maktablari tashkil topgandan boshlab o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi hamda o’zaro munosabati muammolari ham vujudga kelgandir. Ma`lumki, o’qituvchining bilimi uning darsdagi va uydagi faoliyatining xarakteriga bevosita bog’liqdir, faoliyatsiz bilimlar ham bulmaydi. O’qituvchi ajoyib yo’sinda dars o’tishi va lekin bu darsning natijasi muayan o’quvchi uchun narsaga arzimaslii mumkin.
Shularga ko’ra o’qituvchi o’zini ana shunday o’quvchining o’rniga qo’ya bilishi, uning darsdagi faoliyatini va uning maktabda butun o’qish davrdagi munosabatini tasavvur qilish g’oyat muhimdir. Vatan tarbiya va ta`lim asta sekin amalga oshadi hamda o’quvchiga barcha darslar majmui qanday ta`sir etishiga, o’quvchi o’qituvchi rahbarligida ongli va faol bajaradigan ishlarning hajmi hamda muntazamligiga bog’liqdir.
O’qituvchining vazifasi-darsda tafakkur va faoliyatning ana shu turlarini eng to’g’ri uyg’unlashtirishdir. Binobarin bunday uyg’unlik dars samadarligini oshirishning muhim omilidir.
Ta`limda bilimlarnin o’zlashtirish jarayoniga quyidagi komponentlar kiradi:
1. Hodisalarni, narsalarni kuzatish, axborotlarni idrok etish.
2. Olingan axborotlarni tahlil qilish (bilimlarning xarakterli belgilarini aniqlash, taqqoslash, ko’chirish).
3. Eslab qolish.
4. Ishlar, umumlashtirishlarning to’g’riligini tekshirish hamda baholash.
Ta`limni baholashning asosiy tashkiliy shakli quyidagi ma`lum belgilarga ega bo’lgan mashg’ulotlarga guruxiy yo’sinda o’tkaziladi:
-mashgulotlarning har yili va har bir o’qish kuni bir paytda boshlanishi:
-guruhdagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi:
- material o’rganish sur`atining bir xilligi:
-o’quv mashg’ulotlarining ma`lum tashkiliy shaklda o’tkazilishi/
Guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham ancha takomillashgan holda mavjuddir.
Maktab rivojlanish tarixida 20-yillarda ta`limning yakka tartibdagi shakli notanqidiy yo’sinda qabul qilindi va amaliyotga ta`limning brigada laboratoriya metodi kiritildi. Unda bu guruh (5-6 nafar) o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan materialni mustaqil holda o’rganganlar. O’qituvchi maxsus tushuntirishlar bermay, faqat yo’l yo’riqlar ko’rsatgan. Hamma narsa uchun brigadir javob bergan. Bunday ta`lim bolalarning o’quv faoliyati uchun ma`suliyatini pasaytirgan. Maktab barham topishining noto’g’ri pedagogik kontseptsiyalari davrida ta`limning (mashqlar metodi) deb atalgan shakli vujudga kelgan. Unda o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bo’yicha qandaydir ob`ektning loyihasini tayyorlaganlar. Mazkur g’oyalar mualliflaring aytishicha o’quvchilar loyihani tuzishda o’quv rejasi bo’yicha o’tiladigan predmetlarga doir kompleks bilimlarni o’zlashtirgan.
So’ngi 21 yil mobaynida pedagogika nazariyasi kombinatsiyalangan darsni o’rganishdan darsni elementlari bo’yicha bosqichma-bosqich o’zlashtirishga, undan sintetik va mukammmal o’rganishga o’tdi.

Download 17.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling