Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchi
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga
byudjetlari tashkil etiladi. Bunday tashkilotlarga ma'lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma'lum ilmiy sohalar bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy
tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar hisobidan tashkil etiladigan byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, Yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma'lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad
manbalaridan biri
hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi
rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam ko’rsatish uchun tuzilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlaming 1/3 kelib tushadi (ma'lumki, olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha hududlarga yo’naltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yig’inlar o’tkazish, hakamlar majlisini o’tkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar ko’rsatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan fondlarni tarkibiy tuzilishi, maqsadi, vazifalarini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida, birinchi tur fondlar - moliya-kredit tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma'lumotlar keltiriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling