Bugungi kunda XVFning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
• valyuta siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
• valyuta siyosati sohasida balanslashgan rivojlanishda hamkorlik qilish;
• yuqori bandlik darajasi hamda real daromadlarni ta'minlash va
rag’batlantirish, barcha-a'zo mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini asosini
tashkil etuvchi, ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish uchun jahon
savdosining balanslashgan o’sishini barqarorlashtirish;
• valyuta barqarorligini ta'minlash va a'zo-mamlakatlar o’rtasida
valyuta
munosabatlarini
soddalashtirish,
shuningdek,
raqobat
muhitini
shakllantirish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, valyuta devalvatsiyasini oldini
olish;
• ko’p tarmoqli to’lov tizimlarini tashkil eishda ishtirok etish,
shuningdek, valyutani o’tkazish bilan bog’liq cheklovlarni bekor qilish;
• a'zo-mamlakatlar to’lov balanslari taqchilligini yo’qotish uchun mablag’lar
berish.
Oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun XVF o’z funktsiya va
tamoyillarini ishlab chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |