Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


 yilda tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarishda xorijiy investitsiyalar


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#248127
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya

2013 yilda tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarishda xorijiy investitsiyalar 

ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarishining ulushi 

Tarmoqlar 

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 

korxonalar ishlab chiqarishining tarmoq 

ishlab chiqarishi hajmidagi ulushi, % 

Sanoat 


14,5 

Yoqilg`i va energetika 

0,5 

Qora metallurgiya 



0,1 

Rangli metallurgiya 

11,7 

Kimyo va neft kimyosi 



17,3 

Mashinasozlik 

59,8 

O`rmon, yogochni qayta 



ishlash va tsellyuloza-qog’oz 

19,4 


Qurilish materiallari sanoati 

13,6 


Yengil sanoat 

7,6 


Oziq-ovqat sanoati 

26,9 


Boshqa sanoat tarmoqlari 

1,7 


 

Buning tasdig’i o’laroq, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qishloq xo’jaligida 

kichik  va  o’rta  biznesni  rivojlantirishni  qo’llab-quvvatlashga  qaratilgan  kredit 

liniyasi (50  mln. AQSH dollari)  1997 yildan o`zlashtirila boshlandi va 2000 yilda 

davom ettirildi. Bundan tashqari, Amerikaning «UzKeysmash» kompaniyasi bilan 

birga  «Keys-2022»  va  boshqa  qishloq  xo’jalik  texnikasini  13  mln.  AQSHdollari 

miqdorida ishlab chiqarish bo’yicha, turkiyalik investorlar bilan 13,2 mln. AQSH 

dollari  hajmidagi  gusht  va  sut  ishlab  chiqarish  majmuini  yaratish  bo’yicha  bir 

qator  investitsiya  loyihalari  amalga  oshirila  boshlandi;  isroillik  investorlar  bilan 

birga  gusht  etishtirish  uchun  6,8  mln.  AQSHdollari  hajmidagi  parrandachilik 

xo’jaliklarini yangilash boshlandi va hokazo. 

Qishloq xo’jaligidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ishlab 

chiqarish  hajmlari  ancha  yuqori  sur’atlar  bilan  o’sib  borayotganligiga 

qaramay,  xali  mavjud  imkoniyatlarning  barchasi  ishga  solingan  emas.  Ushbu 

korxonalarning qishloq xo’jaligi mahsuloti umumiy hajmidagi ulushi pastligi (0,5 

foiz)  shundan  dalolat  berib  turibdi.  O’zbekiston  qishloq  xo’jalik  xom-ashyosi 

yetkazib  beruvchi  yirik  davlatdir.  Paxta,  pilla,  qorako’lteri  va  boshqalar 

eksportning  an'anaviy  moddalarini  tashkil  etadi.  U  xorijiy  investorlarni  ushbu 




sektorga jalb etish uchun juda katta resurs imkoniyatlariga ega. 

O’zbekiston  iqtisodiyotining  tarmoq  tuzilishini  rivojlantirishga  xorijiy 

investitsiyalar  kushayotgan  hissa  ularning  sohalar  bo’yicha  taqsimlanishidan 

ko`rinib  turibdi.  Masalan,  1999  yil  boshidagi  xorijiy  investitsiyalarning  90 

foizdan ko’progi neft kimyosi tarmog’iga,  telekommunikatsiyalarga, transportga, 

qurilishga, mashinasozlikka va foydali kazilmalar qazib chiqarishga yo’naltirildi. 

2002  yilda  kimyo  tarmog’iga  (2000  yildagiga  qaraganda  deyarli  7  baravar) 

transportga (2,8 baravar), qishloq xo’jaligiga (deyarli 12 baravar), kichik va o’rta 

korxonalar  sektoriga  (17  baravar),  infratuzilma  va  ekologiya  sektoriga  (7 

baravardan  ko’prok),  mashinasozlikka  (2,3  baravar)  xorijiy  investitsiyalarning 

ancha  oshishi  taxmin  qilingan.  Umuman  olganda,  xorijiy  investitsiyalarning 

ko’payishi 2002 yilda taxminan 70 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. 

30  dan  ortiq  mamlakat  investorlari  davlat  investitsiya  dasturida  ishtirok 

etmoqda. 2002 yil davlat investitsiya dasturida amalga oshirilayotgan investitsiya 

loyihalari  qiymatining  55  foizi  va  2001  yilning  o’zida  o`zlashtirilgan  xorijiy 

investitsiyalarning 65 foizi dunyodagi 3 ta  yetakchi  davlat  (AQSH,  Yaponiya  va 

Germaniya) hissasiga to’g’ri keladi. Biroq, ularning ulushi 2002 yilda birmuncha 

pasayib,  57  foizga  tushdi.  Shu  bilan  birga,  O’zbekistonga  investitsiyani 

ko’paytirishni  rejalashtirayotgan  asosiy  mamlakatlar  Germaniya  (1,9  baravar), 

Janubiy  Koreya  (3,6  baravar),  shuningdek,  AQSH,  Frantsiya,  Turkiya,  Chexiya, 

Italiya, turli xalqaro moliya institutlari va boshqalardir. 

Xorijiy  investorlarning  O’zbekiston  iqtisodiyotidagi  ishtirok  etishlari 

kengayib borgan sari, iqtisodiy jihatdan yetakchi mamlakatlar bo’yicha ta'sirning 

ob'ektiv  taqsimlanishi  aniq  bo’lib  bormoqda.  Ayni  vaqtda,  O’zbekiston 

investitsiya  bo’yicha  sheriklar  doirasini  kengaytira  borib  va  ularni  mamlakat 

iqtisodiyotini  tarkiban  o’zgartirishga,  korxonalar  hamda  ishlab  chiqarishlarni 

texnika  bilan  qayta  qurollantirish  va  yangilashga  jalb  etib,  ko’p  sohalarda 

yutuqlarga erishmoqda. 





Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling