Berdimurodova Makhfuza., [
Download 22.61 Kb.
|
Berdimurodova Makhfuza 2
Berdimurodova Makhfuza., [13.06.2022 23:28] [Forwarded from Hakimova Oybarchin] zu: Donli ekinlarning umumiy tavsifi. Kuzgi don ekinlari biologiyasi. Reja:
2.Kuzgi donli ekinlar biologiyasi. 3.Kuzgi ekinlarning nobud bo‘lish sabablari va kurash choralari. Tayanch iboralar: namlikka talab, oziq ekini, donli ekinlarning navlari, sovuq urishi, o’simliklarni dimiqib qolishi, urug’larni mug’orlashi, dimiqishi, ko’tarilib qolishi. Donchilik o‘simlikshunoslikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholini to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari, engil sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xomashyo va chorvachilikni em-xashak bilan ta’minlaydi. Donchilikda o‘simlikshunoslik kabi o‘ziga hos xususiyatlari mavjud: mavsumiyligi, muayyan texnologik tadbirlarni ma’lum muddatlarda o‘tkazish, tashqi sharoitni doimo o‘zgarib turishidir. Donchilik qadimdan, o‘simliklar paydo bo‘lishi bilan, kelib chiqqan. Dehqonchilikni rivojlanishi ilkbor donli ekinlarni etishtirishdan boshlangan. Dastlab, dehqonchilik Iroq, Hindiston, Xitoy, Suriya, Misr, Meksika, Boliviya, Markaziy Osiyoda rivojlana boshlangan. Dehqonchilik rivojlanish davrida bug‘doy orasida begona o‘t sifatida uchrab turgan o‘simliklar (arpa, javdar, suli) madaniylashib, donli ekinlarning turlari ko‘payib yetishtiriladigan bo‘lib kelgan. Donchilik fanining maqsadi - donli ekinlardan ularning biologiyasiga asoslanib Yuqori hosil etishtirish usullarini o‘rganish va boshqarishni o‘rgatishdir. Bunga erishish uchun ekinlarning biologik xususiyatlari, rivojlanish sharoiti, tashqi muhitga talabi, ekinlarning fiziologik xususiyatlari, ekologik toza mahsulot yetishtirish texnologiyalarni mukkamal o’zlashtirish lozim. Donli ekinlar guruhiga qo‘ng‘irboshli va dukkakli–don ekinlar kiradi. Qo‘ng‘irboshli ekinlar morfologik va biologik xususiyatlari bilan 2-ta guruhga bo‘linishi va ularni morfologik, biologik farqlari; dukkakli-don ekinlardan asosan O‘zbekiston xududida ekilishi mumkin bo‘lgan ekinlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Har bir ekin bo‘yicha uning ahamiyati, tarixi, sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi, navlari, etishtirish texnologiyasi va mahsulot sifatini boshqarish uslubi va imkoniyati bayon etilgan. Oliy o‘quv yurtlari uchun bunday darslik ilkbor tuzilmoqda. Ekinlar to’g’risidagi ma’lumotlar imkon qadar yangidir. Ekinlarni yetishtirish texnologiyasi bakalavriat uchun tayyorlangan darsliklardan farq qiladi. Bu darslikda texnologik tadbirlarni mahsulot sifatiga ta’siri ko‘rsatilgan, ekologik toza mahsulot yetishtirishni ayrim muammo masalalariga e’tibor qaratilgan va faqat har bir ekinni muhim xususiyati inobatga olingan. 1.O‘ZBEKISTONDA DON YETISHTIRISH HOLATI O‘zbekiston g‘alla mustaqilligiga erishdi. Shu vaqtgacha aholiga talab qilinadigan don ming mashaqatlar bilan chetdan keltirilar edi. Endi O‘zbekiston xududida xirmonlar don bilan to‘lib turibdi. Donchilik O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini yetakchi tarmog‘i bo‘lib qoldi. Shunday bo‘lishiga quyidagi tadbirlar asos yaratdi: -Ekin maydoni kengaytirilib o‘rtacha 1,5 mln.ga ni tashkil qildi; -Ilmiy asos yaratildi–Andijon don va don-dukkakli ekinlar bo‘yicha ITI tashkil qilindi va viloyatlarda uning filiallari ochildi; -Moddiy-texnika bazasi vujudga keldi. Respublika dalalarida 1791 ta “Keys” rusumli kombaynlari va 1945 ta “Magnum” traktori ishlatilmoqda. -Donchilik ma’dan o‘g‘it va kimyo vositalari bilan ta’minlandi; -Xorijiy va mahalliy navlar keng tarqaldi, istiqbollilari tanlab olinmoqda; -Urug‘chilik tarmoqlari tashkil qilindi va urug‘ sifati nazorat qilindi va qilinmoqda; -Yangi yetishtirish texnologiyalari yaratildi va takomillashtirilmoqda. Shu o‘tkazilgan tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilgani natijasida bir qator muammolar o‘z yechimini topdi: - aholini kafolatlangan tarzda don mahsuloti bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi ; Berdimurodova Makhfuza., [13.06.2022 23:28] [Forwarded from Hakimova Oybarchin] -dehqonlar uchun yangi ish joylari va qo‘shimcha daromad manbayi yaratildi; -g‘o‘za va g‘alla ekinlarini almashlab ekish va tuproq unumdorligini saqlab qolish imkoniyati yaratildi; -sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanib, g‘alladan bo‘shagan yerlarga har xil dala ekinlarini ekib qo‘shimcha hosil olish sharoiti vujudga keldi; -chorvachilik uchun ozuqa bazasi yanada mustahkamlandi. Berdimurodova Makhfuza., [13.06.2022 23:31] 3. Mintaqaviy dehqonchilik tizimlari fanining maqsadi va vazifasi Dehqonchilik tizimi bu tuproq unumdorligini tiklash va oshirishga, yerdan jadal foydalanishga qaratilgan ozaro bogliq bolgan agrotexnik, meliorativ va tashkiliy chora-tadbirlar majmuidir. Zamonaviy dehqonchilik fan va texnikaning yangi yutuqlaridan keng foydalanishga, yani kimyolashtirish, mexanizatsiyalashtirish, melioratsiyalash, selektsiya, qishloq xojalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq yetish kabilarga asoslangan. Ozbekiston turli tuproq-iqlim sharoitlari bilan bir qatorda namlik bilan yetarli darajada tahminlanmagan mintaqada joylashganligi bu mintaqada dehqonchilikni yuritishda turlicha yondashuvni taqozo yetadi. Dehqonchilik tizimi fermer, dehqon va boshqa xojaliklar ortasidagi ozaro raqobat va bozor sharoitida samarali va yashovchanlikka yega bolishi zarur. Barcha dehqonchilik tizimlarining asosiy tamoyillari yerdan foydalanish xususiyati, yani tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hisoblanadi. Dehqonchilik tizimining rivojlanish tarixi dehqonchilikning turli jadallashtirish fazalarida oz aksini topadi, bu yerdan foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish usullarida namoyon boladi. Dehqonchilik rivojlangani sari tuproq unumdorligini tiklash va oshirish xususiyatlari ham ozgarib boradi. Dehqonchilik jadallashuvi osib borishi bilan tuproq unumdorligining tabiiy tiklanish jarayonlari tuproqqa insoniyatning faol tasiri bilan almashinadi. Dehqonchilik tizimi uzoq rivojlanish, yani ibtidoiy jamoa, feodalizm, kapitalistik va boshqa davrlarini bosib otdi. Hayot sharoiti ozgarishi bilan u yoki bu sotsial-iqtisodiy vaziyatga bogliq ravishda ishlab-chiqarish va dehqonchilik tizimi ham ozgarishi kuzatilgan. Dehqonchilik inson tsivilizatsiyasi davomida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, kiyim-kechak, boshpana, tibbiyot va dam olish kabi yehtiyojlari qondirish uchun yordam berib kelgan. Shunday qilib, dehqonchilik dunyodagi yeng yirik korxona hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish agregati, tabiat inhomi bolib, inson zoti uchun zarur bolgan birlamchi mahsulotlar yani yer, havo, yoruglik, harorat, atmosfera yoginlari va h. k bilan tahminlaydi. Ikkilamchi ishlab chiqarishda asosan hayvonlar yani uy hayvonlari, qushlar, va hashoratlar, bular orqali asosiy, gosht, sut, tuxum, ipak, asal va h. k. kabi oziq ovqat mahsulotlarini birlamchi mahsulotlardan foydalangan holda yetishtiriladi. Dehqonchilik - oziq-ovqat mahsulotlari, oziqa, tabiiy tola, yoqilgi, mebel, xom ashyo materiallari yetkazib beradi va atrof muhit musaffoligini tahminlaydi, ochlikni bartaraf yetish uchun mol oziqa beradi. Qoniqarli qishloq xojalik ishlab chiqarishi dunyoda insoniyatga tinchlik, farvonlik, totuvlik olib keladi, madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotga tasiri orqali jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga yordam beradi. Dehqonchilikning rivojlanish turli xil yunalishlarda vaqt va makonga bogliq holda roy beradi. Yashil inqilob davridan song fermerlar osimliklarni yetishtirish amaliyotini rivojlantirish va qishloq xojalik ishlab chiqarishida intensiv dehqonchilik tizimlarini qullash orqali yerdan, vaqtdan samarali foydalanishga katta yehtibor qaratishdilar. Bu yesa maqbul sharoitlarga mos keladigan navlarni aniqlash, maqbul sharoilarda ularning hosildorligini fasllarda, yangi joylarga mos keladigan osimliklarni tanlashni tahminlaydi. Dehqonchilik hosil yetishtirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan osimliklarni yetishtishirish va hayvonlarni parvarishlashdan iborat bolib, tabiatda biologik muvozanatni saqlab qolish uchun yordam beradi. Dehqonchilik (Agriculture- qishloq xojaligi) lotincha ager va culture sozlaridan olingan bolib, Ager- yer yoki dala va culture- yetishtirish (kulgtivirovanie) degan mahnoni anglatadi. Shuning uchun bu termin yerda yetishtirish, yani ekinlarni yetishtirish va chorvachilikni ilmiy, madaniy asosda va iqtisodiy maqsadlarda yetishtirish degan mahnoni anglatadi. Berdimurodova Makhfuza., [13.06.2022 23:31] U shuningdek fan sifatida qishloq xujalik ekinlari va chorvani yetishtirishda tabiy resurslardan foydalanishni anglatadi. Dehqonchilikning asosiy maqsadi-yerlardan ishlab chikarishda samarali foydalanish va shu bilan bir vaqtda ularni notogri foydalanish va yomonlashishidan himoya qilishdan iborat. Bu dehqonchilik oziq-ovqat mahsulotlar va yem-xashak hamda boshqa sanoat materiallari yetishtirish bilan sinonimdir. Dehqonchilik 1947 yildagi qishloq xojaligi qonunida quyidagicha tahriflanadi «shu jumladan bogdorchilik, polizchilik, urugchilikni, chorvachilik va sutchilik xojaliklarini rivojlantirish, yerlarni saqlash va ulardan otloq va yaylovlar, yer uchastkalari (maydoni), bozor, bog va bolalar maydonchasi, ormon sifatida foydalanishdir» Bundan tashqari, u tabiat yelementlarini osimlik va chorvachilik mahsulotlarini olish uchun inson yehtiyojlarini qondirish maqsadga yonaltirilgan mehnat mahsuli sifatida ham tahriflanadi. Bu mahalliy atrof-muhit sharoitida har bir osimlik va hayvonlarning osishi va rivojlanishiga bogliq bolgan biologik ishlab chiqarishi jarayonidir. Berdimurodova Makhfuza., [13.06.2022 23:34] Keyingi bosqichlarda dehqonchilikni rivojlanishida va taraqqiy yetishida qator olimlar oz hissasini qoshgan. Masalan: M.V.Lomonosov (1711-1765) "Yer qatlamlari haqida" nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishini bayon qildi. Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona otlarga qarshi kurash, ogitlash masalalari boyicha masalani olga surdi. I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib u kop dalali va ekinlar navbatlab yekiladigan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleev mineral ogitlarni qollashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirish-ga dahvat yetdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini organish boyicha katta ishlar olib bordi. V.R.Vilgyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doyarenko, K.K.Gedroyts kabi olimlar osimliklarni oziqlanishi va uni boshqarish masalalari boyicha qator asarlar yaratdilar. Ozbekistonda ham bu orinda sohaning yetakchi olimlari tomonidan juda katta ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan S.N.Rijov (19031981) Ozbekiston paxtachilik mintaqalarida Fozani sugorish, tuproqning fizik xossalarini organib, dehqonchilik fanini rivojlanishiga katta hissa qoshdi. M.V.Muhammadjonov qadimdan sugorib dehqonchilik qilinayotgan yerlarda goza, yem-xashak ekinlari yekiladigan yerlarni chuqur haydash va haydalma qatlam qalinligini tubdan oshirishga undovchi dehqoichilikning yangi tizimini ishlab chiqdi. A.Q.Qashqarov dehqonchilik fanini rivojlantirish va dexqonchilik madaniyatini oshirish, asosiy haydov chuqurligini tabaqalashtirish, oid bir qancha asarlar muallifidir. Download 22.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling