Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish Kimyo sanoati Kimyoning sanoatdagi o’rni
Download 1.51 Mb.
|
Презентация1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish
Mavzu:Kimyoning xalq xo’jaligida tutgan o’rni Reja:
Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qoʻllash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuklaridan foydalangan holda kam mehnat va mablagʻ sarflab olinadigan mahsulot hajmini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlardan biri. Qishloq xoʻjaligini "kimyolashtirish" atamasi 20-asrning 30-yillarda turli zonalarda oʻgʻitlar tizimini qoʻllash tufayli rus olimi D.N.Pryanishnikov (1865—1948) tomonidan taklif qilingan. Oʻgʻitlardannnn foydalanish, tuproqni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash), oʻsimliklarni begona oʻtlardan, zararkunandalar va kasalliklardan muhofaza qilish; defoliatsiya va desikatsiya; oʻsimliklarning oʻsishi hamda hosil berishini boshqarish; chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar ishlatish, qishloq xoʻjaligi mahsu-lotlarini konservalash, melioratsiya, qishloq xoʻjaligi qurilishi va boshqalarda sintetik materiallardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Oʻgʻitlardan foydalanish Qishloq xoʻjaligik.ning asosiy yoʻnalishidir. Oʻgʻit hosildorlikni oshiradi. Mineral oʻgʻitlar ishlatilganda hosilning qay darajada ortishi koʻpgina omillar (tuproq, iqlim, tashkiliy-iqtisodiy sharoit, ekin navlari, ekish texnologiyasi, oʻgʻitning sifati va boshqalar)ga hamda birinchi navbatda, dehqonchilik madaniyatiga bogʻliq. Oʻgʻitlarni ilmiy asosda qoʻllash nafaqat hosildorlikning oshishi, balki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mas, donda oqsil miqdorining hamda uning aminokislota tarkibini yaxshilanishini taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda intensiv texnologiyalarning oʻzlashtirilayotganligi, hosildorlikni programmalashtirish natijasida oʻgʻitlar roli keskin oʻsmoqsa. Pestitsidlar qishloq xoʻjaligi ekinlarini begona oʻtlardan, zararkunanda va kasalliklardan himoyalovchi kuchli vosita. Ularning qoʻllanishida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va aralash (integral) usuli ishlab chiqilgan. Pestitsidlardan optimal meʼyorlarda va kerakli muddatda foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirish elementlaridan biridir. Oʻsimlikshunoslikda oʻsimliklarning oʻsishi va hosilga kirishini boshqaruvchi moddalar — gibberellinlar, auksinlar, mutagenlar va boshqa, hamda defoliantlar, desikantlar qoʻllaniladi. Poliploidlar olish uchun mutagenlardan foydalaniladi. Chorvachilikda turli mineral ozuqalar — fosforitlar, karbamid, premikslar, vitaminlar qoʻshilgan yemlardan foydalaniladi. Bunday qoʻshilmalar qishloq xoʻjaligi hayvonlarining toʻliq oʻsishi, oziqlanishi va mahsuldorligini taʼminlaydi. Ulardan toʻliq ratsionli aralash yem ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar sifatida hayvonlarga zarur mineral moddalar: makroelementlar va mikro-elementlar; mineral qoʻshimcha sifatida osh tuzi, boʻr, ohak, ftorsizlantirilgan fosfat, suyak uni va boshqa beriladi. Tuproqda mikroelementlar kam rayonlarda hayvonlar ratsioniga temir, kobalt, mis, yod, marganets birikmalari qoʻshiladi. Hazm boʻladigan pro-tein yetishmaganda chorva mollari ratsioni korbamid (mochevina) bilan toʻldiriladi. Veterinariya amaliyotida kimyoviy sintez asosida olingan dori vositalari qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjaligiga azotli, fosforli va kaliyli mineral oʻgʻitlar, murakkab oʻgʻitlar yetkazib beriladi. Suyuq oʻgʻitlar, ayniqsa, azotli oʻgʻitlar hamda mikrooʻgʻitlar koʻplab ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Bakterial oʻgʻitlar (azotobakterin, nitragin, entobakterin va boshqalar) dukkakli oʻsimliklar ildizida azot toʻplovchi tuganaklar hosil boʻlishiga va tuproqda azot toʻplovchi mikroorganizmlar koʻpayishiga yordam beradi. Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy yoʻl bilan muhofaza qilish keng yoʻlga qoʻyilgan, bu maqsadda xlororganik birikmalar, fosfororganik birikmalar, oltingugurtning organik birik-malaridan foydalaniladi. Begona oʻtlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (gerbitsidlar), shuningdek, defoliantlar va desikantlar ishlab chiqarishda ham anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi. Qishloq xoʻjaligik.ni amalga oshirishda kimyoviy vositalardan foydalanish ishlarini mexanizatsiyalashtirish katta ahamiyatga ega. Oʻgʻitlarni tayyorlash va solish uchun mashinalar (kultivatorlar, quyuq va suyuq oʻgʻitlar soladigan mashinalar), purkovchi (yerda) va changlovchi (havoda—aviatsiya), urugʻlikni dorilovchi va boshqa moslamalardan keng foydalaniladi. 2004-yildan boshlab qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatadigan "Qishloq-xoʻjalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va ularning tuman boʻlimlari "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʻtkazildi. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish Respublika markazi va uning viloyat markazlari hamda barcha tumanlarda otryadlari (160 ga yaqin) tashkil etildi. Oʻzbekiston kimyo sanoati qishloq xoʻjaligi uchun jami 607,34 ming t (100% oziq modda hisobida) mineral oʻgʻitlar, jumladan, 463,77 ming t azotli, 117,16 ming t fosforli, 26,48 ming t kaliyli oʻgʻitlar yetkazib berdi (2004). Risqiboy Yoqubov. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling