Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish Kimyo sanoati Kimyoning sanoatdagi o’rni


Download 1.51 Mb.
bet3/3
Sana28.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1236377
1   2   3
Bog'liq
Презентация1

Keyingi tahrirga qarang.
istisno tariqasida, 2001—2003-yillar mobaynida “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni maqsadli foydalangan holda, kompaniyaning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirsinlar.
5. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda kompaniyaning hamda viloyatlar aksiyadorlik birlashmalarining Ustavlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi esa ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin
O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimga belgilangan tartibda kompaniya aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi va uning o‘rinbosarlari maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
7. Quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
2001—2003-yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalari omborlari bazasida mineral o‘g‘itlarni saqlash va sotish uchun omborlar va ixtisoslashgan do‘konlar tashkil etish bo‘yicha topshiriq 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hududiy bo‘linmalari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq maxsus idoralararo komissiya tuzilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hududiy bo‘linmalari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya bir oy muddatda “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
9. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash tizimi moddiy-texnika bazasini, shu jumladan qishloq xo‘jaligi korxonalari omborlarini xatlovdan o‘tkazsin, mineral o‘g‘itlar va kimyolashtirish vositalaridan samarali foydalanish va ularni saqlash tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi orqali sotiladigan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalariga narx belgilash normalarining, shuningdek agrokimyoviy servis xizmatlariga tariflarning asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘linmalariga “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari, shu jumladan qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing bo‘yicha sotib olish huquqi berilsin.
O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘linmalari mulk solig‘ini hamda qishloq xo‘jaligi korxonalaridan, shu jumladan fermer xo‘jaliklariga aylantirilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalaridan sotib olinayotgan omborlarning qiymati va yer maydoni bo‘yicha hisoblanadigan yer solig‘ini to‘lashdan, bo‘shaydigan mablag‘larni ishlab chiqarish infratuzilmasini va omborlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, ikki yil muddatga ozod qilinsin.
13. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining chakana savdo tarmoqlari orqali dehqon va fermer xo‘jaliklariga sotiladigan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga aylanma mablag‘lar ajratish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
15. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 62-uyga joylashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-avgustdagi 274-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari navbatdagi yilga qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish prognozi, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida texnologiya kartalariga muvofiq mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyo mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydilar hamda buyurtmanomalarni “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining tuman va tumanlararo filiallariga yuboradilar. Buyurtmanomalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari, shu jumladan, davlat xaridlari va tijorat shartnomalari — buyurtmalari bo‘yicha mahsulot sotilishi ajratib ko‘rsatiladi.
3. “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining tuman va tumanlararo filiallari buyurtmanomalarning asoslanganligini tekshiradilar, ularni umumlashtiradilar hamda kimyoviy mahsulotlarga yig‘ma buyurtmanomalarni tegishli “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalariga yuboradilar.
Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari buyurtmanomalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha umumlashtiradilar hamda ularni “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yuboradilar.
4. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi har yili, joriy yilning 1-oktabridan kechikmay, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kelgusi yilda mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyoviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojining yig‘ma prognozini davlat xaridlari bo‘yicha hamda tijorat shartnomalari-buyurtmalari bo‘yicha alohida shakllantiradi.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” Davlat-aksiyadorlik Kompaniyasi Mineral O‘g‘itlar Va O‘simliklarni Himoya Qilish Vositalariga Bo‘lgan Yig‘ma Ehtiyojni “O‘zkimyosanoat” Uyushmasi Bilan Kelishib Oladi Va Uni Tegishli Balanslarni Shakllantirish Uchun Makroiqtisodiyot Va Statistika Vazirligiga Yuboradi.
6. Tasdiqlangan Balanslarga Muvofiq:
“O‘zkimyosanoat” Uyushmasi Kimyo Mahsulotlari Ishlab Chiqarishga Buyurtmanomalarni Tayyorlovchi Zavodlar Bo‘yicha Joylashtiradi Va “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” Davlat-aksiyadorlik Kompaniyasiga Tegishli Axborot Taqdim Etadi.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” Davlat-aksiyadorlik Kompaniyasi Kimyo Mahsulotlariga Limitlarni Tayyorlovchi Zavodlar Bo‘yicha Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” Aksiyadorlik Birlashmalariga Yetkazadi.
7. Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” Aksiyadorlik Birlashmalari Kimyoviy Mahsulotlar Yetkazib Berish Yuzasidan Tayyorlovchi Zavodlar Bilan Mahsulotni Yuklab Jo‘natish Va Olib Ketishning Majburiy Jadvali Mavjud Bo‘lgan Shartnomalar Tuzadilar.
O‘simliklarni Himoya Qilishning Kimyoviy Vositalarini Va Boshqa Kimyoviy Vositalarni Import Bo‘yicha Yetkazib Berish Yuzasidan Kontraktlar Markazlashtirilgan Tartibda “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” Davlat-aksiyadorlik Kompaniyasi Tomonidan Tuziladi.
8. Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” Aksiyadorlik Birlashmalari Kimyoviy Mahsulotlarga Limitlarni Tayyorlovchi Zavodlar Bo‘yicha O‘z Tuman Va Tumanlararo Filiallariga Yetkazadilar Hamda Ularga Qishloq Va Suv Xo‘jaligi Viloyat Va Tuman Boshqarmalarining Takliflarini Hisobga Olgan Holda Agrokimyo Xizmatlari Ko‘rsatish Va Mineral O‘g‘itlar Hamda Boshqa Kimyo Mahsulotlari Yetkazib Berish Yuzasidan Qishloq Xo‘jaligi Ishlab Chiqaruvchilari Bilan Shartnomalar Tuzish Vakolatini Beradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar olingandan keyin “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining tuman va tumanlararo filiallari ajratilgan limitlar doirasida hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari nomidan davlat xaridlari bo‘yicha alohida va tijorat shartnomalari — buyurtmalari bo‘yicha alohida tegishli shartnomalar tuzadilar.
10. “O‘zkimyosanoat” uyushmasining tayyorlovchi zavodlari tomonidan mahsulot “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmasining tuman va tumanlararo filiallariga kalendar oy mobaynida berilayotgan mahsulot qiymatining kamida 15 foizi oldindan to‘lanishi sharti bilan beriladi. Ishlab chiqaruvchilar olgan mablag‘lardan belgilangan tartibda kreditorlik qarzlarni qaytarishda foydalaniladi.
11. Mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish va ularni qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish sxemasi mazkur tartibga 1-ilovada keltirilgan.

Nazorat savollari

  • Qishlo xo’jaligini “kimyolashtirish” atamasi kim tomonida kiriilgan?
  • Sof oltingugurtga boy davlatlarni sanang.
  • Oʻzbekiston kimyo sanoati qishloq xoʻjaligi uchun jami qancha mineral o’g’itlar yetkazib berilgan?
  • Olmaliq konmetallurgiya zavodi qachon ishga tushgan?
  • Kimyo sanoati qanday sanoat hisoblanadi?

Adabiyotlar ro’yxati: 1.LexUZ 2.Wikipediya.uz 3.Arxiv.uz 4.Fayllar.org 5.ZiyoUz.com 6.hozir.org 7.tillame. 8.JizPI elektron kutubxonasi 9.Ares.uz 10.niwork.buxdu.uz


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling