Berdoq nomidagi qaraqalpoq davlat universiteti
Download 0.62 Mb.
|
2 5287752035897185746
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY PSIXOLOGIYA” BAKALOVR YO’NALISHI “IJTIMOIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN Mavzu : “Sotsial psixologik g’oyalarning shakllanish tarixi”
- Kirish
- II-Bob O’zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari 2.1.
- Xulosa.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDOQ NOMIDAGI QARAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI PEDOGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI KURS ISHI “AMALIY PSIXOLOGIYA” BAKALOVR YO’NALISHI “IJTIMOIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN Mavzu : “Sotsial psixologik g’oyalarning shakllanish tarixi” Ilmiy rahbar: N.Sagindikova Bajardi: Amaliy psixologiya yo’nalishi 3-kurs talabasi X.Shamuratov Nukus - 2022 Mundarija Kirish………………………………………………………………………….....3 I-Bob Sotsial psixologik ta`limotlarning rivojlanishi Sotsial psixologiyaning uch nazariy manbai................................................8 Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi............................................14 II-Bob O’zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari 2.1. Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari........................................23 2.2. Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei ..........................................30 2.3. Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash so’rovnomasi ....................................35 Xulosa...................................................................................................................40 Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................41 KIRISH Kurs ishi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi. lm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, deb ta’kidlagan edi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi , sobiq prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek1, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling