Berdoq nomidagi qaraqalpoq davlat universiteti


Download 0.62 Mb.
bet11/14
Sana08.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1178377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5287752035897185746

Natijalarni hisoblash.
Har bir “a” variant – 4 ball
Har bir “b” variant – 2 ball
Har bir “v” variant – 0 ball
Natijalarni talqin etish
22 – 32 ball. Siz tinchliksevar, nizolardan osonlik bilan chiqib ketadigan, uyda ham, ishda ham tortishuvli vaziyatlardan oʻzini olib qochadigan odamsiz. Shuning uchun odamlar sizni moslashuvchan inson, deb biladi. Unutmang, vaziyat taqazo qilganda prinsipiallikni namoyon etish ham hurmatga loyiq xususiyat.
12 – 20 ball. Siz nizolashuvchanroq odamsiz, biroq ilojsiz holatlardagina nizoga kirishasiz. Siz vaqti kelganda amalingiz va doʻstlaringizni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqmay oʻz fikringizni qattiq turib himoya qilasiz. Bunda odob – ahloq meʼyorlaridan chetga chiqmaysiz, odamni haqorat qilmaysiz. Shuning uchun odamlar sizni hurmat qilishadi.
0 – 11 ball. Bahs, munozara, tortishuv – siz nafas oladigan havo. Boshqalarni tanqid qilishni yaxshi koʻrasiz, ammo sizni tanqid qilganlarni tiriklay “yeb yuborishga” tayyorsiz. Vazminlikning yetishmasligi va qoʻrslik odamlarni sizdan bezdiradi. Doʻstlaringiz koʻpmi? Koʻp boʻlishini istasangiz, xarakteringiz ustida ishlang.13




XULOSA
Bugungi kunda ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarini o'rganish dolzarb masalalardan biridir.Bu kurs ishim orqali men ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishi shakllanishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligini o'rgandim.Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olishi to'g'risida gap ketganda bu rasman 1908 -yilga to'g'ri keladi.Chunki aynan o'sha yili U.Makdugall o'zining "Ijtimoiy psixologiya kirish "kitobini amerikalik sotsiolog E.Ross "Ijtimoiy psixologiya "deb nomlangan kitobini nashr qildirdi.Ijtimoiy psixologiyaning predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonunlarini uyg'unlikda o'rganishdir."Ijtimoiy psixologiyaning vazifasini xalq belgilaydi "deb yozgan edi Serj Matrovski. Hozirgi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyati jarayoni davomida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g’oyalar, his-tuyg’ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Ijtimoiy psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi masalarini o'rgandim.Rossiyada ijtimoiy psixologik g'oyalar ijtimoiy psixologiyaning predmetini Parogin uchta yondashuv asosida o'rgangan. Shunday qilib, ijtimoiy psixologiya o’rganadigan ijtimoiy psixologik hodisalarga avvalo quyidagilar kiradi: muloqot, muomala, ijtimoiy fikr va kayfiyat, jamoaviylik, stratifikatsiya (ya’ni, jamiyatning turli qatlamlarga bo’linishi jarayonlari), stereotiplar, ziddiyat, turmush tarzi, ijtimoiy tasavvurlar, ijtimoiy ustanovkalar va shaxsning turli ijtimoiy vaziyatlarda namoyon bo’ladigan fazilatlari (nuqsonlari) va b. Prof.G.M. Andreevaning yozishicha, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanish tarixini belgilash shuning uchun ham mushkulki, u bir vaqtning o’zida bir necha fanlar tarixiy rivojlanishiga aloqador bo’lib, qaysi biri ko’proq bu jarayonning mohiyatini belgilashini bilish qiyin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida oyoqqa turishiga ko’plab nazariy yondashuvlar turtki bo’ldi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling