Berilgan egri chiziqqa urinmani topish kabi masalalar xizmat qilgan


Download 77 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi77 Kb.
#1620437
  1   2   3   4
Bog'liq
Kirish


“Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida o‘quvchilarni ma’naviy yetuk, mustaqil bilim olish, o‘rganish va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarini mustaqil hal qila oladigan yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbi­yalash ta’lim tizimining asosiy vazifala­ridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda maktabda o‘qitiladigan matematika fanining o‘rni beqiyosdir. Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojla­nib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida faoliyat olib borayotgan har qanday mutaxassis matematikadan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarni chuqur, puxta va sifatli bilim olishlarida o‘quv jarayonini tashkil qilish muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi matema­tikani o‘qitish jarayonida didaktik tamoyil­larning eng asosiysi bo‘lgan nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyilidan muntazam foydalaninishi kerak. Matematika fanini o‘qitish jarayonida nazariy bilim berish, ya’ni, matematik tushunchalarni, masalan, protsent, o‘rta qiymatlar, hosila, integral va boshqa tushunchalarni kiritish asosan ma’­ruza orqali amalga oshiriladi. Matematik tushunchalarni qiziqarliroq, amaliy masala­lar bilan hamda ijtimoiy hayotda uchraydigan masalalar bilan bog‘lab tushuntirish zarur.
Moddiy dunyoning miqdoriy tomonlarini tushunchalar shaklida bilishimiz tufayli, ta’lim jarayonida yangi tushunchalarni kiri­tishda tadbiqiy xarakterdagi misol va masa­lalarni yechish katta ahamiyatga ega. Zero tushunchaning mazmuni va hajmi faqat shunday misol va masalalar orqali ochib beriladi.
Masalan hosila tushunchasining paydo bo‘lishida manba bo‘lib XVII asrdagi fan va texnika maydoniga tashlangan ixtiyoriy berilgan egri chiziqqa urinmani topish kabi masalalar xizmat qilgan.
O’quvchilar hosila tushunchasining mazmunini puxta o’zlashtirishlari uchun faqatgina hosila tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan misol va masalalarni qarash bilan chegaralanmasdan, balki uni qo’llash mumkin bo’lgan boshqa tadbiqiy misol va masalalarga ham qarashlari lozim. Xususan ishlab chiqarishga doir masalalarning o’rni beqiyosdir. Ishlab chiqarishga doir masalalarni yechish nafaqat hosila tushunchasini ishlab chiqarishning amaliy ravishda qo’llash malakalarini aniq holatlarida amaliy ravishda qo’llash mala­kalarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga ta’limning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytiradi. O’quvchining matematika fanini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling