Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering


Download 199.47 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi199.47 Kb.
#1585836
1   2   3
Bog'liq
psixologiya

3Javob:
Motiv– lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma’nosini anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi:

  • sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash;

  • faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch;

  • shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga aloqador anglangan sabab.

Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi.

Insonning jamiyatdagi faolligi haqida gap ketganda, uning qandaydir shaxsiy tashabbusi tufayli tashqi muhitga, o‘zga shaxslarga va o‘ziga o‘zi ta’sir eta olishi tushuniladi, va bu xolatlar barchasining asosida unga turtki beruvchi qandaydir kuchlar, omillar, xulq motivlari, dunyoqarash, qadriyatlar tizimi va temperament yotadi(4.1-rasm).



Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki e’tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni anglangan motivlar deb ataymiz. Lekin ba’zan nima sababdan u yoki bu ishni qilib qo‘yganimiz, aytgan gapimiz yoki munosabatimizni, ayna shu kasbni tanlaganimizning tom ma’nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi. Anglanmagan xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud”) deb ataladi.
Boshqaruv jarayonida motivlarning turlari va anglanganlik darajasi farqlanadi.
Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi:

  • shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar;

  • umumiylikka ega bo‘lgan motivlar;

  • faoliyatga mos motivlar;


Download 199.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling