Motivlarning turlari. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motiv


Download 83.79 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi83.79 Kb.
#1536046
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Motivlarning turlari




Motivlarning turlari.


Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs
motivatsiyasi.
Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motiv (lot. movere - harakatga keltirmoq) - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motiv tasnifi.
Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‘zimizning
shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi
turkumlarga ajratishni lozim topdik.
I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning
mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar:
1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar;
2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi,
shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
3) jamiyatning axloqiy meyorlari, prinsiplari, turmush tarzi,
etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;
4) borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi
nafosat (estetik) motivlari.
II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‘yicha umumiylikka ega
bo‘lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:
1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik,
fidoiylik, altruistik);
2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‘naltirilgan
protsessual motivlar;
4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga
mo‘ljallangan rag‘batlanuv, mukofot motivlari.
III. Faoliyat turlari mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi motivlar:
1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi
motivlar;
2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‘zida namoyon etuvchi
motivlar;
3) o‘qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV. Paydo bo‘lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan
umumiylikka ega bo‘lgan motivlar:
1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik
motivlar;
3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.
V. Vujudga kelishi, kechish sur’ati bioquvvat bilan o‘lchanuvchi
motivlar:
1) kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar;
2) paydo bo‘lishi, kechishi o‘rta sur’atli motivlar;
3) yuzaga kelishi, kechishi sust sur’atli motivlar.
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish
xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
1) aniq, yaqqol, voqe bo‘luvchi real motivlar;
2) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb
motivlar;
3) imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent)
xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan iyerarxiya
vujudga keltiruvchi motivlar:
1) biologik motivlar;
2) psixologik motivlar;
3) yuksak psixologik motivlar.
4.3. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri.
Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo‘yiladigan eng muhim
masalalardan biri – malakali kadrlar sifatida o‘zligini, o‘z
qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy fazilatlarini bilgan tarzda
atrofdagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali
mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat
ko‘rsatishdir. Bu o‘rinda inson ruhiyati qonunlarini o‘rganuvchi
psixologiya fanining o‘rni benihoya katta. Yosh avlodni yangi ta’lim
standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar
qilib tarbiyalash OO‘Yuda ta’lim olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlar tayyorlashning ham yangicha usullari
talab etilmoqda. Yangi pedagogik texnologiya usullarini
mukammallashtirish va amaliyotga tadbiq etish davr talabidir.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, oldimizda hozirgi kunda
oliygohlarda talabalar bilim olishlari uchun, sohani chuqur
egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish vazifalari turibdi.
Gap fikr yuritish operatsiyalarini faollashtirish, aqliy faoliyatni
faollashtirish xususida borar ekan, biz eng avvalo, e’tiborni
talabalarning yo‘nalganligini aniqlashga qaratishimiz lozim.
Yo‘nalganlik shaxsning atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea, hodisalarga
nisabatan munosabatlar majmui bo‘lib, faoliyat sifatini belgilab
beradi. Xatti-harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi
(yangi ehtiyojlar, maqsadlar, motivlar).
Bu o‘rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O‘qish-bilim
olish faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va chuqur muammo
kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va
turli ko‘nikmalar o‘zlashtriladi.
38
Faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi
ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham
sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatni amalga oshirish va shaxs
xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya»
tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma’noga
ega. Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini
bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya’ni «nega?», «nima
uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga
javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutish
sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalani
yoritishning ikki jihati farqlanadi.
1. Ichki sabablar, ya’ni xatti – harakat egasining subyektiv
psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar,
maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va h.k.).
2. Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va
holatlar. YA’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq - atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish
odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan
anglanilishi yoki anglanmasligi mumkin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs
o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan
munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi. «Nega?» degan
savolga «o‘zim ham bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan
dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror sohaga,
kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir – asrorlarini egallash
uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, aniqrog‘i,
dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv kengroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki
bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib
beruvchi sababni nazarda tutadi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham
o‘zidagi holat, kayfiyatga qarab bir xil vaziyatni alohida hollarda
turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni
paytdagi real harakatlarni o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi
stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki
shunga o‘xshash holatlarni idrok etishga ichki bir hozirlik –
dispozitsyaining mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu
ma’noda shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan
tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba
39
meyorlarining ta’sirida shakllanadigan sabablar majmuasini o‘z ichiga
oladi.

Download 83.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling