Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering


Download 30.6 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi30.6 Kb.
#1326163
Bog'liq
P.P 1-topshiriq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Pedagokika. Psixologiya


fanidan


Amaliy ish -1
Bajardi:__032-19__guruh
__Sevinchev Behruz _
talabaning F.I.Sh.

Qabul qildi: ___Yusupova Z___



Toshkent 2023

TOPSHIRIQ 1
vazifa 1
Pedagogika. Psixologiya fanidan

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Shaxs
Tarbiya
Metod



Ko’nikma
Malaka
Rivojlanish
Mafkura



Bilim
Ma’lumot



vazifa 2
Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.

tushunchalar mazmunini




shaxs



 alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. 


tarbiya



shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi.


bilim



kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi.


Ko’nikma

 insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. 


malaka

psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. 


Ma’lumot



 shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi.


bilim

kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi.


rivojlantirish

 tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish.


metod

yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.


mafkura

 (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.



vazifa 3

Savollarga javob bering.



  1. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari

Metod (lotincha metodas- yo‘l so‘zidan)- tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida ,,metod’’ so‘zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifasini hal etish usulini bildiradi. Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullarbilan o‘rganadi. Umuman,pedagogika amaliyotida,o‘qitish usullari va metodlarining katta boyligi to‘plangan.Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘qitilayotgan fanning xarakteri,bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi. Ushbu ilmning ilmiy-tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki yo‘llari,uslublari va vositalari majmui tushuniladi.Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to‘g‘ri tanlansa,ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Ammo shuni ta’kidlamoq lozimki, ilmiy-tadqiqot metodlari tizimi hozirgacha fanda to‘la yaratilmagan, hal etilmagan. Mavjud metod (usul)lar asosan quyidagilardir: adabiyotlarni o‘rganish metodi; kuzatish metodi; suhbat metodi; bolalar ijodini o‘rganish metodi; maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; eksperiment-tajriba metodi; test sinovlari metodi; statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi; Pedagogik eksperiment -har qanday pedagogik taraqqiyotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo‘linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma’lumotlar o‘quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish maqsadida eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatai. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash, rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini qo‘llash. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni: 1.Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo‘lishi. 2.Tadqiqot metodlarining ishonchliligi. 3.Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish. Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash -yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordam beradi.

  1. Muloqotning ijtimoiy axamiyati.

Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda o‘zaro muloqot jarayoni g‘oyatda katta rol o‘ynaydi. Chunki muloqot jarayonida borliqdagi xilma-xil narsa, xodisalar bilan munosabatda bo‘lishi asosida ularning mohiyatini anglay boshlaydi. Muloqot dialektik jarayon bo‘lib, kishilarning o‘zaro aloqa munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Darhaqiqat, jamiyatda hal qilinmagan muammolar muloqot jarayonida o‘z yechimini topib jamiyatda muvozanat yuzaga kelib, jamiyat taraqqiyoti yuksalaveradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatida ta’kidlaganidek; “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni halqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”-deb uqtiradi. Qisqa muddatda bir yarim milliondan ziyod fuqarolar murojaat qilishi natijasida muloqot jarayonida ularning muammolari o‘z yechimini topdi.
Falsafa ilmidan shu narsa ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, har birining o‘ziga xos kechish xususiyatlari va shart –sharoitlari, qonuniyatlari bo‘ladi. Agar rahbar o‘z jamoasidagi shaxslararo munosabatlar nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko‘ra ta’kidlash mumkinki, agar jamoada haqiqiy samarali, ijodiy mehnatga safarbar e’tuvchi “iqlim” tashkil qilinmagan bo‘lsa, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va muoamala ham asosan hissiyotlarga, odamlarning bir-birlarini hurmat qilishlari, yoqtirishi – yoqtirmasliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar, avvalo kimlarni ko‘rish, kimlar bilan tushlikka chiqish yoki bir stol atrofida o‘tirish, vaqtni o‘tkazish uchun qaysi ishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini o‘ylab keladi. Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar sof emotsional-hissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda guruhbozlik, jamoaning kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketishi, buning oqibatida bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo‘lib, har biri o‘z “ixlosmandlarini” o‘ziga xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko‘rish mumkin.




  1. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro bogʼlikligi.

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma'lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo'lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma'Iumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo'lib, uning umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o'rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa — shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiyjihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

  1. Iqtisod — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

  2. Sotsiologiva — ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

  1. Etika— shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi.

  2. Est etika — shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

  3. Fiziologiva— o'quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang'ich asoslarni beradi.

  4. Gigivena — o'quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to'g'ri shakllantirishda nazariy va amaliy g'oyalari bilan yordam beradi.

8. Psixologiva — shaxsda ma'naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy- irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

  1. Tarix — pedagogika fani taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g'oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo'naltiriladi.

  2. Madanivatshunoslik — o'quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat asoslari haqidagi tasawurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

  3. Tibbiv fanlar - shaxsning fiziologik-anatoinik jihatidan to'g'ri rivojlanishini ta'minlash, uning organizmida namoyon bo'layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli boialarni o'qitish hamda tarbiyalash muammolarini o'rganishda ko'maklashadi.







Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling