Berilganlar bazasini boshqarish tizimida har bir berilganlar baza-lari modeli qo’yidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.
3. Butunlikning cheklanganligi.
Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda berilganlar bazasi modellari quydagi turlariga bo’linadi:
Daraxtsimon (ierarxik) modellar
Tarmoqli (to’rli) modellar
Reliyasion modellar
Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, berilganlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modellari mavjud deyish noto’g’iri, chunki bulardan tashqari yana berilganlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER- modellari, semantic model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta’kidlangan uch turli modellar ko’proq qo’llanilib kelinmoqda. Berilganlar bazalarida modellar o’z navbatida bir necha bo’limlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |