Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari


Bulutli texnologiyalar (Cloud technologies)


Download 455.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi455.16 Kb.
#1199098
1   2   3   4   5
Bog'liq
e-tijorat asoslari

Bulutli texnologiyalar (Cloud technologies) – bu kompyuter resurslarini
Internetdan foydalanuvchiga so‘rov bo‘yicha (on demand) onlayn-servis
sifatida taqdim eta oladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir.
Buyumlar Interneti (IoT) esa – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan,
datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning
ulanishini ko‘zda tutadigan kontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt
rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitorig va nazorat
qilish va buning asosida ularni boshqarishga imkon beradi.
Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish
maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil
manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan
usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir.


Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va hozirgi
zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida
mulohaza qilib ko’ramiz. 
Virtual (raqamli/elektron) valyuta – moddiy timsolda mujassam topmagan, ammo to‘laqonli pul belgisi
sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir.
Kriptovalyuta –kriptografik algoritmlarni maxsus ko’rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta
turi.
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) –taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish
metodologiyasi bo‘lib, bunda har bir ma’lumotni qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan
iborat bo‘ladi, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual
valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi.
Bitkoin –mavjud virtual valyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan kriptovalyuta hisoblanadi va u
bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi.

Download 455.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling