Shtakelberg bo’yicha muvozanat. Faraz qilaylik, birinchi bo’lib A firma
qaror qabul qiladi. Agar u bozorga kirishga qaror qilsa, pirovardida (4; 4) nuqtada
bo’ladi: B firmaning tanlashi ushbu vaziyatda bir xil, 4>-2. Agar u bozorga
chiqmaslikka qaror qilsa, yakun ikki nuqta (0; 10): B firmaning qarori ikkala
variantni ham qo’llash imkonini beradi. Buni bilgan holda, A firma, 4 va 0 ni
taqqoslab, o’z foydasini (4; 4) nuqtalarda ko’paytiradi. Qarorlar bir xil va
Shtakelberg bo’yicha birinchi muvozanat St
A
(4; 4) nuqtalarda bo’ladi. Huddi shu
tariqa, birinchi bo’lib qarorni B firma qabul qilganda, Shtakelberg bo’yicha
muvozanat St
B
(0; 10) nuqtalarda bo’ladi.
Pareto bo’yicha muvozanat. Pareto bo’yicha optimumni aniqlash uchun, biz
«O’yinning istalgan boshqa yakuniga o’tish bir vaqtning o’zida ikkala ishtirokchi
uchun ham foydalilikning oshishini ta’minlaydimi?» degan savolga javob berayotib,
o’yinning barcha to’rtta yakunini izchil tanlab olishimiz zarur. Masalan, (-3; -2)
yakundan biz ko’rsatilgan shartni bajarayotib, istalgan boshqa yakunga o’tishimiz
mumkin. Faqat (4; 4) yakundan biz, bunda o’yinchilardan hech birining foydaliligini
kamaytirmagan holda, harakatlana olmaymiz va bu Pareto bo’yicha – R muvozanat
bo’ladi.
5–misol. davlat bilan sarmoyador o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
ifodalanadi. Sarmoyadorda harakatlarning ikkita varianti mavjud – mamlakatda
investitsiyani amalga oshirish yoki oshirmaslik. Davlat esa investitsiyalardan
olinadigan daromadlarga yuqori soliq belgilashi yoki soliqni umuman bekor qilishi
mumkin:
25
Davlat
Sarmoyador
Investitsiya kiritmaslik
Investitsiya kiritish
Soliq joriy etish
0; 1
3; 0
Joriy etmaslik
1; 2 [St
2
]
2; 3 [St
1
R]
Do'stlaringiz bilan baham: |