Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

Savollar: 
Matnda ko’chmas mulkni xarid qilish bilan bog’liq ex ante transaktsiya 
xarajatlariga, xususan: 
• axborotni izlash xarajatlariga; 
• muzokaralarni olib borish xarajatlariga; 
shartnomani tuzish xarajatlariga oid barcha misollarni toping. O’z tanlovingizni 
asoslang. 
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? 
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 
1. Davlat jamiyatda rasmiy qoidalarning shakllanishida katta rol o’ynaydi va bu 
bilan institutsional muhitning o’zgarishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. 


102 
2. Bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar 
va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlarini o’z ichiga oladi. 
3. Davlat – zo’rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega bo’lgan, 
chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug’rofiy 
hududni qamrab oluvchi tashkilot.
4. Davlat – nazariy jihatdan faqat soliq undiruvchi tashkilot.
5. Davlat barcha mulkga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
6. Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat interventsionalizmini 
iqtisodiy asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko’rmoqda. 
7. J.Byukenen o’z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki tomonlamaligiga 
alohida e’tibor qaratadi, ya’ni davlat ham himoya qiluvchi, ham ishlab chiqaruvchi 
vositadir.
8. Davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga kelganda hakamlar sudi 
funktsiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta’minlaydi.
9. Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning funktsiyasi faqat 
nazorat qilishdan iboratdir.
10. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi faqat talabni ragbatlantirishdan 
iboratdir. 
11. Davlatni fuqarolar bilan davlat apparati o’rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali 
ta’riflash “printsipal-agent” muammosini oldingi o’ringa suradi. 
12. Fuqaro davlatga ayrim funktsiyalarning bajarilishini yuklagan holda uning 
tarkibini belgilaydi, ya’ni u “printsipal”, davlat esa “agent” hisoblanadi. 
13. Fuqaro “agent” rolida ishtirok etib, shartnomalar bajarilishining kafili sifatida 
davlatning qarorlariga bo’ysunadi.
14. Nazariy jihatdan yakka hisob-kitoblardan hosil bo’lgan davlat shartnoma 
vositasi sifatida, murakkab almashuvga ko’maklashish va uni amalga oshirish 
vositasi sifatida paydo bo’ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi. 
15. Shartnomaviy davlat bu – faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar 
doirasida va ularning manfaatlari yo’lida kuch ishlatish monopoliyasidan 


103 
foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to’lashga majburiyat deb emas, balki 
o’z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi. 
16. “Ekspluatatorlik” davlat bu - unda davlatning ham, fuqaroning ham 
opportunistik xatti-harakatiga to’siq mavjud bo’lmagan davlat faoliyatini yoritadi. 
17. Korruptsiya – bu faqat rivojlangan mamlakatlarning muammosi. 
18. Budjet taqchilligini qoplashning asosiy usullaridan biri bu soliqqa tortish 
stavkalarini pasaytirish va majburiy yig’imlarni joriy etish. 
19. Davlat mulkini o’sishi natijasida davlat boshqaruvi pasayib boradi.
20. Qonunning to’g’ridan-to’g’ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga 
tajovuz qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat kriminal iqtisodiyotdir. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling