Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
KEYSLAR Keys 1. Ko’chmas mulkni xarid qilishda shartnoma tuzilgunga qadar transaktsiya xarajatlari 5 «Kredit-TSentr» YoAJ: Ko’chmas mulk xaridorlari va sotuvchilari bitimni amalga oshirishda xarajatlar darajasini pasaytirish uchun ko’chmas mulk agentligining xizmatlariga murojaat etishadi. Ana shunday xarajatlar jumlasiga vaqt, resurslar sarflari va bitimni amalga oshirishdagi tavakkalchiliklar kiradi. Firmamiz xarajatlarning barcha turlari bo’yicha kafolatlarning eng yuqori darajasini ta’minlaydi. Bitimni amalga oshirish yo’lidagi xarajatlarning birinchi turi – bu ob’ektlar haqidagi axborotni qidirish yoki bitim bo’yicha kontragentni izlash uchun vaqt va resurslar sarflari. «Kredit-TSentr» YoAJ Janubi-SHarqiy Moskava ostonasida i http://www.credit-centcr.ra/anicles/garant.html . 100 ko’chmas mulk ob’ektlarini sotish va ularga doir axborotni qidirish borasida eng qudratli tizimga ega. Biz ko’chmas mulk bo’yicha maxsus reklama rubrikalarini yuritamiz va mintaqamizning barcha asosiy ommaviy axborot vositalarida hamda Moskvadagi ko’chmas mulk bo’yicha ixtisoslashgan nashrlarda tegishli bo’limlarga egamiz, Firma Internet tamog’ida o’z saytiga (www.credit-center.ru), tashqi reklama vositalarining rivojlangan tarmog’iga ega bo’lib, turli ko’rgazmalarda ishtirok etadi. Shu sababdan biz ko’chmas mulk ob’ektiga xaridorni tezda topamiz, xaridorlarga esa turli variantlarni taklif etamiz. Lekin ob’ekt yoki bitim bo’yicha kontragentni izlash – bu ishning boshlang’ich qismi. Ob’ektning huquqiy maqomi, uning jismoniy tavsiflari, huquq egasi haqida axborot olish va, eng asosiysi, ushbu axborotni sinchkovlik bilan tekshirish talab etiladi. Shundan keyin bitim shartlari (narx, hisob-kitoblar tartibi, ob’ektni topshirish tartibi) haqida dastlabki muzokaralarni o’tkazish va bitimni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni tayyorlash bosqichi boshlanadi. Shartnomani tuzish, ehtimol uni notariusda tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish bitimning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Narxni to’g’ri belgilash, ob’ektni va huquq egalarini sifatli huquqiy ekspertiza qilish, hujjatlarni to’g’ri va tez tayyorlash, barcha bosqichlarda muzokaralarni to’g’ri o’tkazish, hisob-kitoblarning xavfsizligini ta’minlash, ob’ektni avvalgi egasidan yangisiga topshirish – bularning barchasi yuksak darajadagi professionalizmni talab qiladi. «Kredit-TSentr» o’z xodimlari mahoratining yuqori darajasini kafolatlaydi. Firma ko’chmas mulk bozorida 1993 yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda va Rossiya Rieltorlar gildiyasiga a’zo hisoblanadi. Firmaning har bir bo’limi ko’chmas mulkning qandaydir bir turiga: ikkilamchi yoki birlamchi bozorlar kvartiralari, zahar ortidagi ko’chmas mulk, tijorat ko’chmas mulki, garajlarga ixtisoslashadi. Maxsus bo’limlar yuridik rasmiylashtirish va ekspertiza, baholash hamda marketing bilan shug’ullanadi. 101 Bularning barchasi ixtisoslashuv va professionalizmning yuqori darajasiga, demak, bitimlarni tayyorlash va amalga oshirishda mijozlar uchun kafolatlarning yuqori darajasiga erishish imkonini beradi. Lekin ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan barcha bitimlar nafaqat bitimlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida tavakkalchilikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Bitim buzilgan hollarda mulk yoki puldan ajralib qolish xavfi ko’chmas mulk bozorining eng asosiy tavakkalchiliklaridan biri hisoblanadi. «Kredit-TSentr»ning ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan bitimlarni tayyorlash va uni o’tkazishda ishtirok etishi tavakkalchilikni keskin kamaytiradi. Rieltorlarning kasbiy javobgarligi 65 ming AQSH dollari qiymatida sug’urtalangan. Bundan tashqari, firmaning o’z ko’chmas mulki kafolatni ta’minlashning eng ishonchli omili hisoblanadi. «Kredit-TSentr» mutaxassislari faoliyat ko’rsatadigan ofis firmaga mulk huquqida tegishli, demak, agar mijozlar bizning aybimiz bilan zarar ko’rsa, ularni qoplashning ta’minoti bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ishlayotganimizga 8 yildan ko’p bo’lgan bo’lsa, hozircha bunaqa holat yuz bergani yo’q. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling