Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

 
KEYSLAR 
Keys 1. Shartnoma tuzilgunga qadar opportunistik xatti-harakat ehtimoli 
Toshkent shahrida bugungi kunda 180 taga yaqin stomatologiya klinikalari va 
xonalari ishlab turibdi. Tish shifokorining xizmatlariga bo’lgan talab barqarorligicha 


133 
qolmoqda. Boshqa kasalliklarga ko’nishga tayyor bo’lgan insonlar tish og’rig’iga 
uzoq vaqt dosh berolmaydi. Sug’urtalovchilar tibbiy bozorning bunday sig’imli 
segmentini shunchaki e’tibordan chetda qoldirolmaydi. 
Bozorda sug’urta “stomatologiyasi”ning ikkita turi taqdim etilgan. Ko’pincha 
tish shifokorlik muolajalari an’anaviy ixtiyoriy tibbiy sug’urta (ITS) dasturlari 
doirasida qoplanadi. Mazkur holatda tishlarni davolash xizmatlari ko’p tarmoqli 
davolash korxonalarida oilaviy shifoxonalar yordami bilan birgalikda taklif etiladi. 
Lekin vaqt o’tishi bilan mijozlarni bevosita stomatologiya klinikalariga biriktirishni 
nazarda tutuvchi ixtisoslashgan dasturlar paydo bo’la boshladi. Albatta, bozor 
operatorlari hozircha bunday mahsulotlarning sug’urta qildiruvchilar o’rtasida 
ommaviyligiga shubha qilmagan holda, ularga nisbatan sergaklik bilan munosabatda 
bo’lishmoqda. Bacha chakana ITSga xos bo’lgan polis egalarining o’z xaridining 
xarajatlarini qoplashga intilishi «stomatologiyada» juda tez-tez namoyon bo’ladi. 
Rentabellikni saqlab turish uchun sug’urtalovchilar zarar ko’rish tavakklchiligini 
«klinikalarga biriktirilgan ko’p sonli sug’urtalangan xizmatlar va ushbu sug’urta 
dasturlariga muvofiq ko’rsatiladigan xizmatlarning qat’iy ro’yxati» bilan tartibga 
soladi.
Yordam hajmiga ko’ra «tish» mahsulotlarining butun assortimentini shartli 
ravishda uchta toifaga bo’lish mumkin: ekonom-sinf, biznes-sinf va eksklyuziv-sinf. 
Quyi narx toifasida (75 doll.) bemorlarga standart muolajalar ko’rsatiladi. Xizmatlar 
doirasi bo’yicha qimmat bo’lmagan dasturlar bir yilda ko’pi bilan uch-to’rtta tishni 
davolash imkonini bergan holda yordam hajmi bo’yicha cheklovlarni o’zida 
mujassam etgan. Biznes-sinf mahsulotlari (150 doll.) stomatologiya sohasida 
kengroq ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir. Ularda xizmatlar hajmi ham, ro’yxati 
ham kengaytirilgan. Dasturning maxsusligi unga stomatologiya yordamining eng 
qimmatbaho turlari kiritilishi bilan belgilanadi. Albatta, barcha ITS-dasturlar (eng 
arzonlaridan tortib eng qimmatlarigacha) maslahat va tashxis xizmatlarini
shuningdek, stomatologiyada juda muhim bo’lgan og’riqsizlantirishni o’z ichiga 
oladi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling