Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


–misol. Qanaqa transaktsiya xarajatlari iqtisodiyotda kelishuvlar


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

2–misol. Qanaqa transaktsiya xarajatlari iqtisodiyotda kelishuvlar 
nazariyasi nuqtai nazaridan o’ta katta? 
a) axborotni qidirish; 
b) monitoring va opportunizmning oldini olish; 
v) o’lchash; 
g) muzokaralar olib borish; 


138 
d) shartnoma tuzish. 
Javob: a) va b), kelishuvlar nazariyasi transaktsiya xarajatlari o’sishining 
asosiy omili sifatida iqtisodiy muhitning bir xil emasligiga e’tiborni qaratadi . 
Iqtisodiyotda kelishuvlar nisbati o’ta beqaror, bu iqtisodiy agentlarga umumiy 
qabul qilingan “o’yinlar qoidalari” asosida harakat qilishga halaqit beradi. Bunday 
sharoitda axborotni qidirish xarajatlari (axborotning yakuniy manbai mavjud 
emas) va monitoring xarajatlari o’ta yuqori, chunki axborotning asimmetrikligi va 
umumiy qabul qilingan “o’yinlar qoidalari”ning mavjud emasligi opportunistik 
xatti-harakat uchun zamin hozirlaydi. 
3–misol. Biznesni tashkil etish aktsiyadorlik shaklining mutlaq afzalligi 
to’g’risidagi fikr to’g’rimi? 
a) ha; 
b) yo’q. 
Javob: b), biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligi hamma vaqt nisbiy 
bo’lib, biznesning tavsiflariga va taqqoslash mezonlariga, masalan, boshqa tashkiliy 
muqobil variantlar doirasida transaktsiya xarajatlarining miqdoriga bog’liq. 
KEYSLAR 
Keys 1. Bozor iqtisodiyotida institutlarni import qilishda davlatning 
maqsadi 
Bozor iqtisodiyotida davlatning oliy maqsadlari bo’lib iqtisodiy rivojlanish va 
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish 
hisoblanadi. 
Boshqa maqsadlar aynan ushbu ikki maqsaddan kelib chiqadi. 
Davlat iqtisodiyotni tartibga solar ekan birinchidan: 
 YaIMni o’stirish; 
 ishsizlikni minimallashtirish; 
 barqaror baholar darajasini ta’minlash; 
tashqi iqtisodiy muvozanatni, ya’ni to’lov balansining ijobiy 
(musbat) qoldig’ini ta’minlash maqsadlarini ko’zda tutadi. 


139 
Ikkinchi tartibdagi maqsadlarga foydani ko’paytirish uchun qulay qonunchilik 
bazasini yaratish va raqobatni keng yoydirish, ishlab chiqarishga innovatsiyalarni 
joriy qilish, iqtisodiyotning davriy tebranishlari darajasini kamaytirish, atrof 
muhitning qoniqarli holatini ta’minlab turish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabilar 
kiradi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling