Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


O’yin ishtirokchisining strategiyasi-


Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/118
Sana03.12.2023
Hajmi2,14 Mb.
#1799066
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

O’yin ishtirokchisining strategiyasi- har bir o’yin ishtirokchisining ziddiyatli 
vaziyatlarni hal etish borasidagi harakat dasturi o’yin ishtirokchisining strategiyasi 
deyiladi. 
Kooperativ (koalitsiyali) o’yinlar – ishtirokchilar o’rtasida axborot almashish 
va ittifoq tuzish mumkin bo’lgan vaziyatlar. 
Nokooperativ (koalitsiyasiz) - o’yinlarda yakka ishtirokchi tahlil qilishning 
boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o’rtasida axborot almashish 
va ittifoq tuzish mumkin emas. 


22 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR: 
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!
1–misol. Shtakelberg bo’yicha muvazanat hamma vaqt mavjud 
bo’ladimi? 
a) ha;
b) yo’q. 
Javob: a), mavjud bo’lmasligi mumkin bo’lgan Nesh bo’yicha 
muvazanatdan farqli ravishda Shtakelberg bo’yicha muvazanatga har qanday 
o’yinda erishiladi. Uning mavjud bo’lishi ishtirokchilar tomonidan qarorlar 
qabul qilinishidagi vaqt lagi bilan shartlangan. 
2–misol. Faraz qilaylik, o’yinda Nesh bo’yicha ikkita muvazanatli yakun 
mavjud. Gap qanaqa muammo haqida borayapti? 
a) moslik muammosi; 
b) muvofiqlik muammosi; 
v) adolat muammosi; 
g) kooperatsiya muammosi. 
Javob: b), gap muvofiqlik muammosi haqida borayapti. 
3–misol. Ishtirokchilarda ustunlik qiluvchi strategiyalar bor bo’lib, 
demak, ustunlik qiluvchi strategiyalar muvazanati mavjud bo’ladigan, Nesh 
bo’yicha muvazanat esa mavjud bo’lmaydigan vaziyat yuzaga kelishi 
mumkinmi? 
a) ha; 
b) yo’q. 
Javob: b), bunday vaziyat bo’lishi mumkin emas. Ustunlik qiluvchi 
strategiya ishtirokchi tomonidan boshqaning harakatlaridan qat’iy nazar eng katta 
yutuqqa erishilishni anglatadi Nesh bo’yicha muvazanat ishtirokchilar o’zining 
foydaliligini bir tomonlama tartibda oshirishi mumkin emasligini nazarda 


23 
tutadi. O’z navbatida, muvazanat nuqtasida ustunlik qiluvchi strategiyalar 
topilganda ishtirokchilar tomonidan strategiyaning o’zgartirilishi ular 
yutug’ining ortishiga olib kelmaydi. 
4–misol. A firma B firmaning muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun 
monopoliyasini buzishga urinadi. A firma bozorga chiqish-chiqmaslikni, B firma 
esa, bordi-yu A firma bozorga kirishni hal qilsa, ishlab chiqarish hajmini pasaytirish 
masalasini hal qiladi. B firmada ishlab chiqarish hajmi o’zgarmay qolgan taqdirda, 
ikkala firma ham yutqazadi. Agar B firma ishlab chiqarish hajmini pasaytirishga 
qaror qilsa, u o’z foydasini A firma bilan «baham ko’radi». 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling