21
3 bob. O’YINLAR NAZARIYASI VA O’ZARO HAMKORLIKLARNI
MODELLASHTIRISH
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1. O’yinlar nazariyasi yuzasidan asosiy tushunchalari.
2. Muvozanatlar turlari va ularni qidirish yo’llari.
3.
Ustun strategiyalar muvozanati, Nesh bo’yicha muvozanatdan farq.
4. Kooperativ (koalitsiyali) va nokooperativ (koalitsiyasiz) o’yinlar.
5. O’yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Nesh bo’yicha muvozanat – o’yinchilarning hech biri o’z harakatlari rejasini
o’zgartirgan holda o’z yutug’ini bir tomonlama oshira olmaydigan vaziyat.
Pareto bo’yicha muvozanat – o’yinchilardan
birining holatini,
ikkinchi
o’yinchining holatini yomonlashtirmagan holda, yaxshilab bo’lmaydigan vaziyat.
Ustun strategiyali muvozanat – boshqa ishtirokchining harakatlaridan
qat’i
nazar ishtirokchiga maksimum foydalilikni ta’minlovchi harakatlar rejasi
Shtakelberg bo’yicha muvozanat – hech bir o’yinchi o’z yutug’ini bir
tomonlama tartibda oshira olmaydigan vaziyat. Bunda
qaror dastlab birinchi
o’yinchi tomonidan qabul qilinadi, so’ngra ikkinchi o’yinchiga ma’lum bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: