Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
kerakli kitob topilmadi va umuman olganda bizda ushbu haftada tayyorgarlik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- KEYSLAR Rasmiy va norasmiy institutlar: talabalarning ko’chirishlariga qarshi qanday kurashish mumkin
kerakli kitob topilmadi va umuman olganda bizda ushbu haftada tayyorgarlik
ko’rish lozim bo’lgan ikkita test va bitta kurs ishi bor edi"? a) "eski" institutsionalizm; b) "yangi" institutsional iqtisodiyot; v) neoinstitutsional iqtisodiyot. Javob: v), metodologik individualizm tamoyiliga ko’ra faqat talabaning o’zi o’z ishining tashkil etilishiga javob beradi, tashqi institutsional omillar esa ikkinchi darajali bo’lib, talabaning o’qishga bo’lgan munosabatini aks ettiradi. KEYSLAR Rasmiy va norasmiy institutlar: talabalarning ko’chirishlariga qarshi qanday kurashish mumkin? Talabalarni dastur yordamida chiqarib olingan ko’chirma uchun haydashadi. Virjiniya shtati universiteti fizika fakultetining professori Lu Blumfild (LowBloomfield), talabalar o’rtasida ko’p sonli adabiy o’g’irlik holatlari haqida eshitib, unga kiritilgan talabalar ishlarini 50 soat ichida matnli ko’rinishlarning mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan maxsus kompyuter dasturini yozdi. Tahlil tugaganidan keyin dastur professorni g’azablantiradigan natijalarni berdi, — aniqlanishicha, talabalarning aksariyati o’z ishlari uchun katta miqdordagi tayyor matnlarni Internetdan hamda boshqa talabalarning ishlaridan o’zlashtirib olar ekan. Professorning talabiga ko’ra universitetda maxsus tekshiruv boshlanib, unda 122 nafar talaba va bitiruvchidan iborat ro’yxat tuzildi. Talabalar endi universitetdan haydalishi, bitiruvchilar esa diplomdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar beradi «Associated Press». Universitet xodimlari ushbu ibratli jarayon hozircha qo’lga tushmagan talabalarga oliy ta’limning mohiyati nimadan iborat ekanligini anglab 16 yetishga yordam berishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning e’tirof etishlaricha, hozirgi vaqtda kompyuter texnikasining rivojlanganligi munosabati bilan o’zgalar matnlarini o’zlashtirish jarayoni avvalgi o’n yillikka qaraganda g’oyat soddalashdi, chunki ilgari kitoblardan yoki boshqa ishlardan axborotni qo’lda ko’chirish yoki bosmalash lozim edi. V.V. Radaev bilan suxbatdan Bugungi kunda ko’chirmachilik muammosi barcha o’quv korxonalarida mavjud. Lekin biz universitetimiz (GU VSHE) alohida, eng yaxshi bo’lishini xohlaymiz. SHuning uchun hozirda biz ko’chirmachilikka qarshi kurashishni faollashtirmoqdamiz. Biz talabani adabiy o’g’irlik, ko’chirish yoki sohtakorlik ustida ushlagan o’qituvchilar nima qilishi kerakligi aniq yozib qo’yilgan shunday hujjatni tayyorladikki, unda talabani universitdan haydashgacha keskin choralar nazarda tutilgan. Bunda talaba o’qituvchining hatosidan kafolatlangan bo’lishi kerak. O’quvchilarning huquqlarini ham himoya qilish lozim. SHuning uchun talaba shikoyat arizasini berishga haqli. Lekin agar uning aybi isbotlansa, jazo qat’iy bo’lishi kerak. O’qituvchi sifatida men barcha qoidalarni birinchi mashg’ulotning o’zidayoq e’lon qilaman. Ko’chirmachilikka nisbatan munosabat oddiy: aniqlangan holatda darhol «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. Hukum qat’iy, shikoyatga o’rin yo’q. Agar qoidalar barcha oldindan ma’lum bo’lsa tortishishga na hojat. Ko’chirish tavakkalchiligi haqida tinimsiz ogohlantiraman. Agar kimdir yonidagidan ko’chirgan bo’lsa, ikkalasiga ham «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. Ammo hamma gap ko’chirish va adabiy o’g’irlikda emas. Bundan tashqari, sohtakorlik ham mavjud. Bu bir talaba boshqasi uchun qalbaki hujjat bo’yicha zachyot yoki imtihon topshiradigan holat. Ana shunday holatlardan biri bizda ham aniqlandi. Biz buning uchun talabani universitdan haydadik. Hozircha hech kim buni takrorlashga tavakkal qilgani yo’q. Bunday holatlarning oldini olish choralari ko’rilmoqda. Ko’chirmachilikka kelsak, yana shuni takrorlaymanki, buning uchun ham ayab o’tirmasdan universitdan haydaymiz. Yengil-elpilik hayotda ham, o’qishda ham bo’lmasligi lozim. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling