2 bob. INSTITUTLAR VA ULARNING JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI
ROLI
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1. “Institut”, “norma” tushunchalarining mohiyati va mazmuni.
2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
3. Rasmiy va norasmiy normalarning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Institutsional matritsa.
5. Institutsional o’zgarishlar va institutlarning o’zaro bog’liqligi.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Institut – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o’zaro hamkorlikni
tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.
Institut – bu jamiyat a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilab
beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi.
Institut oprovayder – neoinstitutsional nazariya doirasida – ishlab chiqarish
institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va tarqatuvchisi rolini, institutlar
inkubatori rolini (tegishli institutsional muhitda yangi institutlarni yetishtirish),
yakka tartibdagi institutsional integrator rolini (ushbu normaga amal qiluvchilar
tarkibiga yangi individlarni jalb qilish) bajargan holda neoinstitutsional tarkibga
ta’sir ko’rsatuvchi tashkilot.
Institutsional matritsa – bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki
davlatlarning paydo bo’lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning
rivojlanishini belgilab bergan, o’z navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan
birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar
tizimi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o’z tanlovini amalga oshirishda
foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi
14
Do'stlaringiz bilan baham: |