7
I. AMALIY MASHG’ULOT MAVZULARI:
I bob. “INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT” FANIGA KIRISH
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1. Institutsional nazariyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi.
2. Institutsionalizmning metodologik asoslari.
3. Institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta
masalasi va uning asosiy
vazifalari.
4. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari.
5. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo’jalik amaliyotini
institutsional o’zgarishlarning o’zaro bog’liqligida o’rganuvchi zamonaviy iqtisodiy
fikrlarning ilmiy yo’nalishlaridan biridir.
Institutsionallashtirish – individlar o’rtasidagi
munosabatlarda jamiyat
a’zolarining katta qismi tomonidan foydalaniladigan muayyan qoidalar yoki
normalarni mustahkamlash.
Institutsional vakuum – bu ilgarigi xo’jalik
tizimini boshqarish
mexanizmining tugatilishi va yangi mexanizmning mavjud emasligi tufayli
institutsional tizimda eng kam transaktsiya xarajatlariga
ega bitimlarning amalga
oshirilishini qo’llab-quvvatlashga qodir bo’lgan rasmiy institutlarning mavjud
emasligi yoki yetishmasligi.
Institutsional nizo – rasmiy va norasmiy qoidalar o’rtasidagi
nomuvofiqlik
natijasi. Bir holatda, institutsional nizo istiqbolsiz institutlarning paydo bo’lishiga,
boshqa holatda esa samarasiz bo’lsa-da barqaror hosilalar – institutsional
tuzoqlarning paydo bo’lishiga olib keladi.