Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
id oralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”
Download 2,14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
id
oralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “ Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz, avvalo, ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz degan g’oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o’z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar ham mavjud. Ko’pgina korxonalarning zarar ko’rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotlikka uchrayotganligi, ulardagi transaktsiya xarajatlari yuqoriligi, xususiy mulkchilik shakllari va raqobat muhitini shakllantirish muammolari shular jumlasiga kiradi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida belgilab olindi. “Institutsional iqtisodiyot” fanidan amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun tayyorlangan ushbu o’quv qo’llanmada har bir mavzu yuzasidan alohida testlar, amaliy mashqlar, keyslar, nazorat uchun savollar, tayanch iboralar, to’g’ri va noto’g’ri fikrlarni ifoda etuvchi savollar va boshqa ma’lumotlar berilgan. Qo’llanmaning asosiy maqsadi - istitutsional iqtisodiyot nazariyalarini amaliyot bilan mustahkam bog’lash, iqtisodiyot rivojlanishini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan 6 institutsional tahlil qilish bo’yicha talabalarni amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishga yo’naltirish hisoblanadi. Ushbu o’quv qo’llanma davlat standarti talablari va Respublika muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida yozilgan. Unda o’quv dasturidagi barcha mavzular qamrab olingan. Ammo, kitob hajmini kattalashtirmaslik uchun ayrim materiallar qisqartirib berildi. Shu bois amaliy dars uchun yozilgan ushbu o’quv qo’llanmada ayrim kamchilik va munozarali jihatlar ham bo’lishi mumkin. Mualliflar ushbu qo’llanmani sinchiklab o’qib, uni yaxshilash bo’yicha o’z fikr- muloxazalarini bildirgan i.f.d., professor N.M.Maxmudovga, i.f.n., dotsent. N,G. Mo’minovga samimiy minnatdorchilik ishor etadi. O’quv qo’llanmani mazmun-mohiyatini yanada boyitish va uni takomillashtirish yuzasidan bildirilgan xolisona fikrlarni TDIUga yo’llash mumkin. Download 2,14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling