2 – bosqich, guruh talabasi
Download 73.83 Kb.
|
Dars mashg\'ulotlarini rejalashtirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Xulosa va tavsiyalar IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2 – bosqich, _________-guruh talabasi __________________________________________ “CHIZMACHILIK” fanidan “ Dars mashg'ulotlarini rejalashtirish. O'qituvchini darsga tayyorlanishi” mavzusidagi KURS ISHI Kurs ishi ilmiy rahbari: ________________ Farg’ona - 2023 MUNDARIJA I Kirish II. Asosiy qism 1. Chizmachilik fanining rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot 2. Dars mashgulotlarini rejalashtirish 3. Kursning maqsadi va vazifalari4.O'qituvchini darsga tayyorlanishi III.Xulosa va tavsiyalar IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi hal qiluvchi o’rin tutadi. Shu sababli biz isloxotlarimiz ko’lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, xalkimizning milliy pedagogikaning shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda respublikamizning milliy pedagogik texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiqdir. Texnologiya deganda o‘qituvchi (pedagog) ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi (talaba) larga yaratilgan sharoitlarga ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni samarali tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Yoki bunday hodisani pedagogik texnologiya desa bo‘ladi. Istiqloldan keyin O‘zbekistonlik olimlar xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama aloqa o‘rnata boshladilar. Natijada bizning ta’lim tizimimizga ham ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Oxirgi yillarda pedagogik texnologiyani o‘rganish va ta’lim jarayoniga qo‘llash yo‘lida ancha ishlar qilindi. Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDXga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P.Bespalkoning fikricha, «PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir». O‘zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: PT ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy – muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.(Farberman B.L. Ilgor pedagogik texnologiyalar. T. 1999. 4 – bet). Bu ta’riflarni uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan solishtirib ko‘rish uchun yapon pedagog olimi T.Sakomoto bergan ta’rifni keltiramiz. «PT – deydi Sakomoto, - bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir» Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKOning ta’rifi bo‘yicha, «PT – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuli yondashuv usulidan foydalanishdir». (Farberman B.M. Ilgor pedagogik texnologiyalar. 8 – 9 aprel, ilmiy – nazariy seminar. T. 1999. 3 – bet). Pedagogik texnologiya, umuman olganda, reproduktiv dars berishga asoslangan bo‘lib, undagi o‘quv jarayoni o‘quvchi (talaba) larga aniq holatlardagi harakatlarni egallashga yo‘naltirilgan. Pedagogik texnologiyadagi reproduktiv bilim berish jarayonida dars aniq bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lagida o‘quvchi (talaba) lar bilishi shart bo‘lgan natijalar ko‘rsatiladi. O‘quv materiallar dars maqsadidan kelib chiqib, modullarga bo‘lingan bo‘ladi. Har qaysi modulga test savollari tuziladi. O‘quv jarayoni aniq savollarga aniq javoblar topishga yunaltirilgan bo‘ladi, savollar va javoblar o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi natijasida bir butunlikni tashkil qiladi. Pedagogik texnologiyada reproduktiv usul qatorida izlanuvchi – tadqiqot va boshqa usullar ham ishlatiladi. Mustaqil O‘zbekistonning erkin fuqarolarini shakllantirishda xalk xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan ma’lum bilim hajmiga ega mutaxassis hamda turli muammolarga duch kelganda, mustaqil izlanib, ularni hal kilib ketadigan tadbirkor kishilarni tarbiyalashda tipik harakatlarga, reproduktiv va nostandart vaziyatlardan yo‘l topib, chiqib ketishga o‘rgatuvchi tadqiqot usullari mos tushadi. Bizga zarur bo‘lgan uslub ushbu ikki an’anaviy usullar qotishmasidan hosil bo‘lib, texnologiyalashtirilgan integrativ uslubdir. Uni pedagogik texnologiya deyilmokda. Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitni yaratishimiz kerak. Bunda avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirsh, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib xizmat qilishi lozim.1 Mustaqil Respublikamiz oliy va o’rta maxsus ta‟limi oldida turgan dolzarb masalalardan biri o’quvchilarni chizmachilik va chizma geometriya fanidan chuqur bilim va malakaga ega bo’lishini taminlashdan iboratdir. Chunki chizmachilik va chizma geometriya fani bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarni ijodiy dunyoqarashini va fazoviy tasavvurini oshiradigan uni mustaqil fikrlashga o’rgatadigan fan hisoblanadi. O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yulidan rivojlanib, xalqaro maydonda o’zining munosib o‟rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, ma’daniy va ma’rifiy soxalarda chuqur isloxotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu isloxotlarning samarasi bevosita ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlapning saloxiyatiga bog’liqdir. Download 73.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling