Berkinov Elbekning Iqtisodiy tahlil va audit


Korxona moliyaviy salohiyati rentabelligi (Rmos)


Download 0.69 Mb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1350350
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil va audit

Korxona moliyaviy salohiyati rentabelligi (Rmos) 100 so‘m moliyaviy salohiyatning o‘rtacha yillik qiymatiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdorini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof foyda (Sf)ni korxona moliyaviy salohiyati o‘rtacha yillik qiymatiga (Mos) bo‘linadi:
Ushbu ko‘rsatkich ham bozor munosabatlari sharoitida muhim ahamiyatga ega, chunki korxonaning moliyaviy manbalari uchun endi bevosita korxona egasi, investori mas’ul. Undan investor qancha samarali foydalansa shuncha yaxshi
Korxona o‘z mablag’lari rentabelligi (Ro‘m) moliyaviy salohiyat rentabelligi singari sof foydani o‘z mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga (O‘m) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so‘m o‘z mablag‘iga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. Bu o‘z kapitalining samaradorlik darajasini belgilaydi.
Korxonaning chetdan jalb qilgan mablag’lari rentabelligi (Rchjm)ni aniqlash uchun sof foyda (SF)ni chetdan jalb qilingan mablag‘laming o‘rtacha yillik qiymatiga (Chjm) bo’linadi:
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning olgan uzoq va qisqa muddatli kreditlari hamda boshqa chetdan jalb qilingan mablag‘larining samaradorligini ifodalaydi. Uning miqdori 100 so‘m Chjm.ga to‘g‘ri keladigan Sf. miqdorini ko‘rsatadi.
Korxonaning ishlab chiqarish fondlari rentabelligi (Rif) bu asosiy va aylanma mablag‘lar, ya’ni moddiy resurslar samaradorligini ifodalaydi. Uni aniqlash uchun sof foyda (Sf)ni asosiy vositalar (Av) va aylanma mablag‘lar (Ayl.m) o‘rtacha qiymati yig‘indisiga bo‘linadi:
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so'mlik moddiy resurslariga to‘g‘ri keladigan sof foydaning miqdorini ifodalaydi. Uning miqdori qancha ortib borsa, korxona uchun shuncha yaxshi.
Korxonaning aktivlari rentabelligi (Ra) bevosita barcha aktivlar samaradorligini ifodalaydi. Uni aniqlash uchun sof foyda (Sf)ni barcha aktivlarning (A) o'rtacha yillik qiymatiga bo'linadi:
Agar aktivlami alohida qismi bo‘yicha oladigan bo‘lsak, ushbu formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.I.T.Abdukarimov va boshqalar. Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini analiz qilish. Т., « O‘qituvchi», 1989.
2.I.T.Abdukarimov va boshqalar. Savdoga oid iqtisodiy atamalaming ruscha-o‘zbekcha lug'ati. Т., « O‘qituvchi», 1992.
3.I.T.Abdukarimov. Moliyaviy hisobotni o'qish va tahlil qilish yo‘llari. Т., «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 1998.
4.E. Akromov. Korxonaning moliyaviy holati tahlili. Т., «Moliya», 2003.
5.Y.Abdullayev va boshqalar. Iqtisodiy tahlil: 100 savol va javob. Т., «Mehnat», 2001.
6.Amaliy iqtisodiyot. 0 ‘quv qo'llanma. Т., «Sharq», 1996.
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling