Beruniy tumanidagi tegishli tashkilotlarga huquqiy targ’ibot
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi
Download 89.4 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida tuzilgan mehnat
- Beruniy tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 3-darajali yurist: A.Kurbaniyazov IJRO.GOV.UZ
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi
asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o‘rindoshligi chog‘ida xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi. O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid bo‘lmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin. O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ish o‘rindoshlik asosida bajarilayotganligi ko‘rsatilishi shart. O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasida Mehnat Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ish vaqtining davomiyligi va o‘rindoshlik asosida ishlash tartibi ko‘rsatiladi. O‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno). (Mehnat kodeksining 437-moddasi) Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan bo‘shagan kunlarda o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin. O‘rindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kunlik yarim normasiga rioya etilishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, ish vaqtini jamlab hisobga olishni yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Ish vaqtini jamlab hisobga olishni yuritish chog‘ida o‘rindoshlik asosidagi ish vaqtining (smenaning) umumiy davomiyligi hisobga olinayotgan davr uchun o‘rindoshlik lavozimi bo‘yicha ish vaqti normasining yarmidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davrning cheklangan davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ichki o‘rindoshlik chog‘ida ish vaqtini hisobga olish asosiy ish va o‘rindoshlik asosidagi ish bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi. Yuqoridagilarga asosan ushbu targ’ibotda ko’rsatilgan tavsiyalarni tashkilot xodimlariga yetkazishingiz hamda amaliyotda to’g’ri qo’llanilishini ta’minlashingiz so’raladi. Beruniy tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 3-darajali yurist: A.Kurbaniyazov IJRO.GOV.UZ Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang. Imzolovchi F.I.SH. ARÍSLANBAY KURBANIYAZOV KOMEKBAY ULÍ Imzolangan sana 23.08.2023 09:56 Hujjat kodi SP4681518234 Download 89.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling