Besh tashabbus va uning ma'naviy madaniyatini ta'minlashdagi o'rni


Download 51.74 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi51.74 Kb.
#1402480
1   2   3
Bog'liq
Ozodbek Qobilov











To’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.









Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.



2020-yil 15-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan ushbu tadbirda senatorlar, Madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, bandlik va mehnat munosabatlari, xalq taʼlimi, oliy taʼlim vazirliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va boshqa qator tashkilotlar rahbarlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari, oʻquvchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish soʻzi bilan ishtirok etdi.
Bundan tashqari, majlisda masʼul vazirlik va idoralar tomonidan 5 tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar berildi.
Xususan, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish doirasida yurtimizdagi mavjud 800 dan ortiq Madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularga 1762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan 36503 ta toʻgarakka 1098910 nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingan.
Ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish doirasida umumtaʼlim maktablarida 7064 sport toʻgaragi tashkil etilgan. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 7151 toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, mazkur yoʻnalishga jami 24,8 mlrd. soʻm mablagʻ sarflangan.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 52 ta raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari ochilgan. Umumtaʼlim maktablaridagi kompyuter sinfxonalari soni 14940 ta. Axborot texnologiyalari yoʻnalishida tashkil etilgan 14972 ta toʻgarakka 510340 nafar oʻquvchi qamrab olingan. 10150 maktab optik tolali aloqa liniyalari yetkazilgan.
Toʻrtinchi tashabbus — aholi, ayniqsa, yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish masalasida ham qator ishlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 201 ta axborot-kutubxona markazidagi jami kitoblar soni 16319587 tadan iborat boʻlib, shundan 8468593 tasini badiiy adabiyotlar tashkil qiladi. Ushbu axborot-kutubxonalar aʼzolari soni 1196233 nafardan iborat. 2020-yilda kutubxonalarga 150724 ta kitob yetkazib berilgan.
Beshinchi tashabbus — xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash doirasida ham eʼtiborga loyiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda yurtimizda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar soni 3596406 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilda ish bilan taʼminlangan yosh xotin-qizlar soni 76198, kasb-hunarga oʻqitilganlar soni 15935 nafarni tashkil qiladi. Mazkur maqsadlar uchun sarf qilingan jami mablagʻlar 76,2 mlrd. soʻmdan iborat. Yana 30451 nafar xotin-qiz kasb-hunarga oʻqitilishi belgilangan.
Shuningdek, Prezidentimizning “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish, har bir tuman (shahar)da turli sport tanlovlarini tashkil etish, barcha davlat organlari va tashkilotlarida rahbar va xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanishi taʼminlash, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarga ham sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish belgilab berildi.
Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida tuman (shahar) va mahallalarda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish infrastrukturasi shakllantiriladi. Xususan, 9146 ta mahallada 18292 ta jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport maydonchasi, 204 tuman (shaharda) salomatlik va velosiped yoʻlaklari bunyod etiladi.
Tadbirda besh tashabbus doirasida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.
Koʻrib chiqilgan masala yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida oʻquvchi-yoshlar, talabalar badiiy, musiqiy chiqishlari hamda sport sohasidagi oʻz mahoratini namoyish etdi.
Matbuot anjumanida “Prezidentning 5 muhim tashabbusi” ijrosi yuzasidan masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, jumladan, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi xodimlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻz hisobotlari bilan ishtirok etdi.

  • Besh muhim tashabbus dastlab Toshkent viloyatining Boʻka tumani va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tajriba sifatida joriy etildi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatining besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi Mansur Masharipov. — 42 ta tuman va shaharlarning 168 ta olis va ogʻir ahvoldagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha yurtimizdagi mavjud 800dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularga 1762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan 36503 ta toʻgarakka 1 million nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan. Umumtaʼlim maktablarida tasviriy sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi 36 503 ta toʻgaraklarga 1,1 mln.nafar (18%) oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan. 3 mingdan ortiq musiqa jihozlari yetkazib berilgan.

Shu bilan birga matbuot anjumanida qolgan 4 yoʻnalish yuzasidan ham qilingan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.
Jumaladan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha umumtaʼlim maktablarida 10 ta sport turi boʻyicha 49 196 ta sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1,2 mln nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam shugʻullanib kelishayotganligi hamda 254 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 328 875 nafar, 54 ta Sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 33 438 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilinganligi haqida maʼlumotlar aytib oʻtildi.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish boʻyichayoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishini tashkil etish maqsadida 72 ta “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi ham yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 mln dan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomdagi 590 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2019-yillar davomida 2 mln. 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 8 nafar tanlov gʻoliblari boʻlgan yosh kitobxonlar Prezident sovgʻasi “Spark” avtomashinasi sovrindori boʻlganligi ham yoshlarimizni kitobxonlik ruhiga yana qaytganini yorqin isbotidir.
Tadbirda “Yosh kitobxon” tanlovining 2020-yilgi saralash bosqichlari
23-25-dekabrʼ kunlari barcha tuman (shahar)larda oʻtkazilishi toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi va bu jarayon online tarzda amalga oshirilishi aytib oʻtildi.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish yoʻnalishi ham eng dolzarb yoʻnalishlardan biri boʻlib bugunga kelib Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan sohaga oid tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi hususida qizgʻin muzokaralar boʻldi.



  • Ilk marotaba yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiri, gender tenglik va ular bandligini taʼminlash maqsadida “Qizlar ovozi” platformasi yaratildi,— deydi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshligʻi Mukarram Nurmatova. — Forum doirasida mamlakat istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini taʼminlash, shuningdek demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda qizlar faolligini oshirish maqsadida joylarda “Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi

Oʻtgan davr mobaynida xotin-qizlar uchun jami 170 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi. Tijorat banklari va Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion soʻm kreditlar ajratildi.
Hozirgi kunda respublikamizda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar soni 3 596 406 nafarni tashkil qilmoqda. Joriy yilda 76,2 mlrd. soʻm imtiyozli mablagʻlar evaziga 76 198 nafar yosh xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi, shuningdek, 15 935 nafar yosh xotin-qizlar kasb-hunarga oʻrgatildi.

 Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta‘lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Download 51.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling