45. Qachondan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi?
A) IX asr. B) Xasr. C) XI asr. D) XII asr.
46. Nechanchi asrlarda Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi?
A) IX-X asrlarda. B) X-XI asrlarda.
C) XI-XII asrlarda. D) XII-XIII asrlarda.
47. Qoraxoniylar uchun bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shaklini aniqlang?
A) Iqto tartibi B) El-yurt va viloyatlarga bo’lib idora qilish C) Shahar hokimi, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarish
D) Qoraxoniylar mamlakatda o’z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do’stona munosabatlar o’rnatadilar
48. Qoraxoniylar davrida ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markazlari qaysi shaharlar hisoblangan?
A) Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent
B) Marv, Samarqand, Buxoro, Shosh
C) Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Binkat, Kesh, Axsikat
D) Samarqand, Buxoro, Kesh, Axsikat, Taroz
18-§. Xorazm davlati va uning yuksalishi
1. Qachon Gurganch miri Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi?
A) 993-yil. B) 994-yil. C) 995-yil. D) 996-yil.
2. Qaysi Gurganch miri Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi?
A) Mansur ibn Mahmud. B) Ma’mun ibn Muhammad.
C) Mahmud ibn Mansur. D) Muhammad ibn Ma’mun.
3. Qachon Xorazmda afrig’iylar sulolasi barham topdi?
A) 993-yil. B) 994-yil. C) 995-yil. D) 996-yil.
4. Kim Xorazmda afrig’iylar sulolasiga barham berdi?
A) Mansur ibn Mahmud. B) Ma’mun ibn Muhammad.
C) Mahmud ibn Mansur. D) Muhammad ibn Ma’mun.
Do'stlaringiz bilan baham: |