21. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga rahbarlik qilgan olimni aniqlang.
A) ar-Roziy B) al-Xorazmiy
C) Al-Farg’oniy D) Abu Rayhon Beruniy
22. Al-Farg’oniy nechanchi yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda qatnashgan?
A) 813-833-yillarda B) 832-833-yillarda
C) 834-835-yillarda D) 861--862-yillarda
23. Qachon Al-Farg’oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr - daryo oqimi sathini o’lchaydigan “Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklandi?
A) 861-yilda B) 832-833-yillarda
C) 866-yilda D) 864-yilda
24. Al-Farg’oniyning qaysi asari ХII asrdayoq lotin va ibroniy tiliga tarjima qilingan?
A) “Kitob surat ul-arz” B) “Al-jabr val-muqobala”
C) “Hind hisobi haqida”
D)“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”
25. Ahmad al-Farg’oniyning nechta asari bizgacha yetib kelgan?
A) 5. B) 6. C) 7. D) 8.
26. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asari qachon lotin va ibroniy tillariga taijima qilinadi?
A) IX asr. B) X asr. C) XI asr. D) XII asr.
27. Qachon Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi?
A) 1997-yil oktabr. B) 1998-yil oktabr.
C) 1999-yil oktabr. D) 2000-yil oktabr.
28. Yevropada mashhur bo‘lgan Farg’oniy nomi qachon Oydagi kraterlardan biriga berilgan?
A) XV asr B) XVI asr
C) XVII asr D) XVIII asr
29. IX asrning ikkinchi yarmida ...
A) Movarounnahr binokorligida sinchkori imoratlar keng tarqaladi.
B) Qarluqlar yag‘mo, o‘g‘uz, chigil va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashadilar.
C) Movarounnahrning madaniy hayotida uyg‘onish davri boshlanadi.
D) Bog‘dod shahrida “Bayt ul-hikma” - “donishmandlik uyi” vujudga keladi.
30. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xorazmning qaysi shaharlarida kutubxonalar, kitob do’konlari qurilgan?
A) Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur
B) Bolasog’un, Taroz, Q’zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro
C) Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent
D) Bolasog’un, Koshg’ar, Taroz, O’zgan, Samarqand, Buxoro
Do'stlaringiz bilan baham: |