13. Qachon qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar?
A) 993-yil. B) 994-yil. C) 995-yil D) 996-yil.
14. Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaganda ...
A) Nuh ibn Mansur qo’shini Buxoroni egallaydi
B) Mahmud G’aznaviy qo’shini Buxoroni egallaydi
C) Ibrohim Bo’ritegin qo’shini Buxoroni egallaydi
D) Sabuqtegin qo’shini Buxoroni egallaydi
15. Sabuqtegin bilan qoraxoniylar o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq somoniylarga qayer beriladi?
A) Sirdaryo havzasi
B) Movarounnahrning markaziy qismi
C) Amudaryodan janubdagi yerlar
D) Amudaryo bo’yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh, Chag’oniyon
16. X asr oxirida Somoniylar hukmronlik qilgan hudud o’rnida qaysi davlatlar tashkil topdi?
A) Xorazmshohlar va Qoraxitoylar davlati.
B) O’g’uzlar va Qarluqlar davlati.
C) Qoraxoniylar va G’aznaviylar davlati.
D) Safforiylar va Somoniylar davlati.
17. 999-yilda Buxoroning kim boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi?
A) Ibrohim Bo’ritegin. B) Nasr Eloqxon.
C) Horun Bug’roxon. D) Anush Tegin.
18. 1006- va 1008-yillarda kimlar Xuroson ustiga ikki
marta qo’shin tortadilar?
A) Saljuqiylar. B) Qoraxoniylar.
C) Ma’muniylar. D) Abbosiylar.
19. Kim qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o’z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi?
A) Mas’ud G’aznaviy. B) Ma’mun G’aznaviy.
C) Mahmud G’aznaviy. D) Mansur G’aznaviy.
20. XI asr boshlarida g’aznaviylarga kimlar xavf sola boshlaydi?
A) Qoraxoniylar B) Saljuqiylar C) Tohiriylar D) O’g’uzlar
21. Qoraxoniylarning qaysi mahalliy hukmdori Amudaryo bo’yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi?
A) Ibrohim Bo’ritegin. B) Nasr Eloqxon.
C) Horun Bug’roxon. D) Anush Tegin.
22. Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori qachon Amudaryo bo’yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi?
A) 1037-yil B) 1038-yil. C) 1039-yiI. D) 1040-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |