34. Tasavvuf ta’limoti dastlab qayerda yuzaga kelgan?
A) Shom. B) Eron. C) Misr. D) Iroq.
35. Tasavvuf ta’limoti dastlab qachon yuzaga kelgan?
A) V asr o’rtalarida. B) VI asr o’rtalarida.
C) VII asr o’rtalarida. D) VIII asr o’rtalarida.
36. Tasavvuf ta’limoti asosida nima yotadi?
A) ma’lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g’oyalar yig’indisi
B) musulmonlarning halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi g’oya
C) inson faoliyati va uning kamoloti
D) mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ’ib etish
37. Yassaviya tariqati qayerda vujudga keladi?
A) Qoshg’ar. B) Yorkand. C) Turkiston. D) Banokat.
38. Yassaviya tariqati qachon vujudga keladi?
A) IX asr. B) Xasr. C) XI asr. D) XII asr.
39. Yassaviya tariqatiga kim asos solgan?
A) Ahmad Yassaviy. B) Bahouddin Naqshband.
C) Najmiddin Kubro. D) Abduxoliq G’ijduvoniy.
40. Kubroviya tariqati qayerda vujudga keladi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
41. Kubroviya tariqati qachon vujudga keladi?
A) IX asr. B) Xasr. C) XI asr. D) XII asr.
42. Kubroviya tariqatiga kim asos solgan?
A) Ahmad Yassaviy. B) Bahouddin Naqshband.
C) Najmiddin Kubro. D) Abduxoliq G’ijduvoniy.
43. Naqshbandiya tariqati qayerda vujudga keladi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
44. Naqshbandiya tariqati qachon vujudga keladi?
A) XIII asr. B) XIV asr. C) XV asr. D) XVI asr.
45. Naqshbandiya tariqatiga kim asos solgan?
A) Ahmad Yassaviy. B) Bahouddin Naqshband.
C) Najmiddin Kubro. D) Abduxoliq G’ijduvoniy.
46. Kimning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo’la olmaydi?
A) Ahmad Yassaviy. B) Bahouddin Naqshband.
C) Najmiddin Kubro. D) Abduxoliq G’ijduvoniy.
47. Qaysi tariqatning asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g’oyasi olg’a suriladi?
A) Yassaviya. B) Kubroviya. C) Naqshbandiya. D) B,C.
Do'stlaringiz bilan baham: |