Beton qorishmasi tarkibiga plastifikatorlar qo’shish uni tayyorlash texnologiyasi reja
Download 80.13 Kb.
|
BETON QORISHMASI TARKIBIGA PLASTIFIKATORLAR QO’SHISH UNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Issiqlik-fizik xossalarIssiqlik o‘tkazuvchanlik. Materiallarning bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo‘lsa, undan issiq oqim o‘ta boshlaydi. Materiallarning issiqlikni kam yoki ko‘p o‘tkazishi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti haroratlar farqi (t1-t2) 10C bo‘lgan holda, qalinligi 1 m, yuzi 1m2 bo‘lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o‘tkazilgan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, devordan soat vaqt ichida o‘tgan issiqlik miqdori Q ni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Q=.[S.(t1-t2).]/a , bu erda: Q-issiqlik miqdori, kJ: S-namunaning yuzi, m2; -issiqlik o‘tish vaqti, soat; (t1-t2)-material yuzasidagi haroratlar farqi, 0S; a-devorning qalinligi, m. Bu formuladan aniqlaymiz; =Q.a/[S.(t1-t2).], (Bt/m.0S) Agar a=1m, S=1m2, t1-t2=10C va =1soat bo‘lsa, u xolda =Q bo‘ladi. Olovga bardoshlik-materialni 15800S va undan yuqori haroratda yumshamaslik va deformatsiyalanmaslik xususiyatidir. Olovbardosh materiallar sanoatda pishirish humdonlarini qoplashda ishlatiladi. Bu jixatdan materiallar eriydigan (13500S kam), qiyin eriydigan (135015800S) va erimaydigan (15800S yuqori) turlarga bo‘linadi. Materiallarning termik chidamliligiularning haroratni siklli ko‘p marta o‘zgarishiga buzilmasdan chidash xususiyatidir. Termik chidamlilik materialning tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsientiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratdan kengayish koeffitsienti kichik bo‘lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik. Yonuvchanlik materialning olov ta’sirida ma’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jixatdan materiallar-yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g‘isht, po‘lat, granit va x.k.,qiyin yonadiganiga asfaltbeton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog‘och va sh.k., yonadiganlariga- yog‘och , gulqog‘oz, bitum, bo‘yoqlar va sh.k. lar kiradi. Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini kechiktirish mumkin. Ko‘pchilik yonmaydigan materiallar olov ta’sirida yonmasada kuchli deformatsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy toshlar),sachrab sinadi (asbotsement) va sh.k. Radiatsiyaga chidamlilik Radiatsiyaga chidamlilik materialning ionlantiruvchi nurlar ta’sirida uning tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirmaslik xususiyatidir. Atom energetikasining rivojlanishi, turli radioaktiv nurlarni xalq xo‘jaligida ishlatilishi materiallarni nurlarga chidamliligini o‘rganishga, bu nurlardan muxofazalovchi materiallarni yaratishga olib keldi. Radiatsiya nurlari, xatto kristall tuzilishli materiallarni amorf xolatga keltirishi, ularda juda kuchli ichki zo‘riqishlar hosil qilishi va buzishi mumkin. Radioaktiv nurlardan himoyalash uchun maxsus tarkibli o‘ta og‘ir betonlar, metall qotishmalari va sh.k. ishlatiladi. 6.Qurilish materiallarining mexanik xossalari Download 80.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling