Beton qorishmasi tarkibiga plastifikatorlar qo’shish uni tayyorlash texnologiyasi reja


Download 80.13 Kb.
bet3/3
Sana03.11.2023
Hajmi80.13 Kb.
#1742279
1   2   3
Bog'liq
BETON QORISHMASI TARKIBIGA PLASTIFIKATORLAR QO’SHISH UNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Mustahkamlik


Materialga tashqi kuch ta’sir etganda unda ichki kuchlanish (zo‘riqish) paydo bo‘ladi. Kuchlanish ma’lum qiymatga etganda material buziladi (sinadi, parchalanadi). Materialning buzilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati mustahkamlik deb ataladi. Materiallarning mustahkamligi odatda ularning mustahkamlik chegarasi-R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida hosil bo‘lgan ichki kuchlanish-b ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi:
рух=RZ,
bu erda: R-mustahkamlik chegarasi, Mpa;
Z-mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsienti, kamida 2-3 ga teng.
Ehtiyot koeffitsientini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
a) tuzilishi bir jinsli bo‘lmagan materiallar mustahkamlik
chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi;
b) Ko‘p materiallar kuch ta’sirida tez deformatsiyalanadi va
mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichining 50-70% ida darzlar hosil bo‘ladi;
v) materialga qayta-qayta o‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda u mustahkamlik chegarasiga etmasdan buziladi. Bunga materialning “charchashi” tufayli buzilish deyiladi. Hozirgi vaqtda materiallarning buzilish holatini hisoblashda ehtiyot koeffitsientlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk, materialning bir jinsligi, inshootning ishlash sharoiti va sh.k. hisobga olinadi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tashqi omillar ta’sirida materialda hosil bo‘ladigan ichki siquvchi zo‘riqishlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidir.
Download 80.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling