Reja: Qotishmalarningxolatdiagrammasito‘g‘risidaumumiy ma’lumot
Download 20.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqmavzu
TEMIR-SEMENTITLIXOLAT DIAGRAMMASI Reja: Qotishmalarningxolatdiagrammasito‘g‘risidaumumiy ma’lumot. Xolat diagrammasini tuzish Tuzilgan diagrammaning taxlili Toza metallarning mustahkamlik chegarasi kichik bo‘lganligidan mashinasozlikda asosan ularning qotishmalariishlatiladi. Metal qotishmalari deb,bir necha xil metallarni yoki metallarni metall bo‘lmagan jismlar bilan suyuqlantirib (yoki qizdirib) aralashtirish natijasida olingan murakkab moddaga birmuncha qattiq bronza olinadi. Bunda metall materialning ekspluatatsion va texnologik xossalari yaxshilanadi. Qotishmalarda sodir bo‘ladigan protsessnio‘rganish, shuningdek qotishmalarning tuzilishini tushuntirish uchun metallshunoslikda komponent, faza,sistema kabi tushunchalardan foydalaniladi. Sistemani hosil qiluvchi moddalarga komponentlar deyiladi. Toza metall bir komponentli sistemani, ikkita metalldan hosil bo‘lgan qotishma esa ikki komponentli sistemani hosil qiladi va h.k. Shu jumladan, ko‘rilayotgan temperatura oralig‘ida tashkil etuvchi qismlarga dissotsiyalanmaydigan barqaror moddalar–ximiyaviy birikmalar ham komponent bo‘lishi mumkin. Masalan, rangli metall qotishmalari komponentlariga metallar (masalan, rux, mis bilan birikkanda latun hosil bo‘ladi), temir uglerodli qotishmalar komponentlariga tarkibida oz miqdorda metallmas moddalarda bo‘lgan metallar (temir uglerod bilan birikkanda chuyan va po‘lat hosil bo‘ladi)kiradi. Holat diagrammalari qotishmalarning temperatura va komponentlar konsepsiyasiga bog‘liq holda faza holatining grafik tasviridan iboratdir. Holat diagrammalari muvozanat holatlari uchun, ya’ni juda kichik sovish teziligida yoki o‘zoq muddat qizdirilganda qotishma erishadigan holat uchun quriladi.Qotishmalarning muvozanat holatdagi holat diagrammalari nazariy diagrammalar hisoblanadi, chunki amalda haqiqiy muvozanat holat juda kam uchraydi.Ko‘pincha qotishmalar metastabil holatda, ya’ni cheklangan turg‘un holatda bo‘ladi. Har qanday qotishmani holat diagrammasini chizish uchun masshtabda gorizantal bo‘yicha qotishmani % miqdori, (chap tomani toza qo‘rg‘oshin,o‘ng tomoni toza surpma qotishmalari) quyiladi. Vertikal bo‘yicha kritik nuqtalarni hamda surma va qo‘rg‘oshin erish nuqtasini (3270S,6300S) masshtabda belgilab chizamiz. Pastdagi kritik nuqtalarni birlashtirib (246) DE chiziqni, a yuqoridagi kritik nuqtalarni birlashtirib AV va VS egri chiziqlarini olamiz. Ikkila egri chiziq V nuqtada yapni DEto‘ri chiziqda kesishadi. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki. Qotishmalar qotish boshlanishi nuqtalari har xil bo‘lib, qotish va kristallanishi bir nuqtada ekan. Aralashmalarni ichida faqat 13% surma va 87% qo‘rg‘oshin kristallanishini boshi va oxiri kritik nuqtasi bitta bo‘lib, bir nuqtada qotar ekan.Diagrammani taxlil qilamiz. AVS chiziqdan yuqorida hamma qotishmalar suyuq holda bo‘lib. Bu chiziqni Likvidus chiziqdeb aytiladi.(Lotin tilida–suyuq manoni bildiradi). DVE chiziqni pastki qismida hamma qotishmalar qattiq holatda bo‘lib, DVE chiziqni Solidius deb aytiladi (solidius-lotincha qattiq mapnoni bildiradi) Holat diagrammasida V tochkada (13%surma va 87% qo‘rg‘oshin). Surma bilan qo‘rg‘oshinni kristallanishi ayni vaqtda bo‘ladi va surma va qo‘rg‘oshin kristallaridan iborat mayin mexanik aralashma hosil bo‘ladi. Bunday qotishmani evtektik aralashma deb aytiladi . Evtetik qotishmalar eng past erish temperaturasiga ega bo‘lib, mikrostrukturasi yaxshi aralashgan bo‘ladi. 13% kam surma bo‘lganqotishmani evtetik tikkaga 400va 13% ko‘p surma bo‘lgan qotishma evtetikadan keyingi qotishma deb yuritiladi. Evtetikadan keyingi qotishmalarni qotish jarayon VS chiziq bo‘ylab suyuq qotishmada surma kristallari ajralib boradi. DE chiziq bo‘ylab esa evtetika qota boshlaydi. Evtektikagacha bo‘lgan qotishmalarda AV chiziq bo‘ylab quryoshin kristallari ajrala boshlaydi, DE chiziq buyicha esa evtektika qota boshlaydi. Agarda qotishma sekinroq sovutilsa DV bo‘yicha quryoshin zarralari solishtirma og‘irligi og‘ir bo‘lgani uchun cho‘kma shaklida aralashmani pastqi qismiga to‘planib qolishi mumkin.Bunday xodisani likvatsiya deb yuritiladi.Evtetikani esa solishtirma og‘irligi kichik bo‘lgani uchun yuqori qatlam hosil qiladi. Qotgandan sung hosil bo‘lgan qotishma quyma buyumlar olish uchun yaroqsizdir, chunkm struktura bir xil emas. Xuddi shunday xodisani evtektikadan keyingi qotishmalarda ko‘rish mumkin. Bunday qotishmani asta-sekin sovushida,evtektika aralashmasini solishtirma og‘irligi katta bo‘lgani uchun chukmahosil bo‘ladi. Surmaning solishtirma og‘irligi kichik bo‘lgani uchun quyma yuzida katlam hosil bo‘ladi. Download 20.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling