Beton qorishmasining qulay joylashuvchanligini (harakatchanligini) aniqlash. Beton qorishmasining qulay joylashuvchanligini sozlash


Download 128.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi128.52 Kb.
#1412662
  1   2   3
Bog'liq





5 – tajriba ishi 
Beton qorishmasining qulay joylashuvchanligini (harakatchanligini) 
aniqlash. Beton qorishmasining qulay joylashuvchanligini sozlash  
Ta’rif. Beton qorishmasi deb, tanlab va sinchiklab aralashtirilgan sement, 
to‘ldirgichlar, suv va zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimchalar (plastifikatorlar va 
qotishni tezlashtiruvchilar) ni qoliplanishi va qotishi boshlangunigacha bo‘lgan 
aralashmasiga aytiladi.
Qulay yotqizuvchanlik beton aralashmasining betonlanadigan buyum qolipini 
to‘ldirish va undan og‘irlik kuchi ta’siri ostida yoki tashqi mexanik ta’sir natijasida 
zichlanish xususiyatini ko‘rsatadi. Beton aralashmasining bu xossasi harakatchanlik 
yoki bikrlik bilan baholanadi.
Beton qorishmasining harakatchanligi deb uni o‘z massasasi ta’siri ostida 
yoyilib ketish xususiyatiga aytiladi. Beton aralashmasining harakatchanlik darajasi 
qorishmadan qoliplangan konusning cho‘kish kattaligi (sm hisobida) bilan 
baxolanadi. 
Asbob-uskunalar:
1. Tarozi. 
2. Qorishma tayyorlvsh uchun idish 
3. Standar kesik konus va metall sterjen 
4. Chizg‘ich
 
Ishni bajarish tartibi.  
Beton qorishmasining harakatchanligi balandligi 300, ustki asosining diametri 
100 va pastkisiniki 200 mm bo‘lgan, kesik konus ko‘rinishidagi tagsiz metall 
qolipidan iborat standart konusda aniqlanadi. Ichi oldindan suv bilan ho‘llangan qolip 
nam shimmaydigan tekis gorizontal yuzaga o‘rnatiladi (metal list yoki bir bo‘lak 
linoleum) va ustki teshik orqali beton qorishmasining bir xil balandlikdagi uchta 
qatlami bilan to‘ldiriladi, har qaysi qatlam diametri 16 va uzunligi 600 mm va uchlari 
yumaloqlangan metall sterjenni 25 marta 
tiqib zichlanadi. Sterjen tiqilayotgan paytda 
qolip asosga bosib turilishi kerak. Oxirgi 
qatlam solingan va zichlangandan keyin 
ortiqcha beton qorishmasi qolip chetlari 
bilan baravar qilib kelma vositasida 
kesiladi. Qolipni dastasidan qat’iy tik 
yo‘nalishda ko‘tarib olinadi va qoliplangan 
beton konus yoniga qo‘yiladi. Qolip 
olingandan keyin beton konus o‘z massasi 
ta’sirida cho‘kadi. Konusning cho‘kish 
kattaligi chizg‘ich bilan o‘lchanadi

Download 128.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling